Askarning shodligi


Saqlash
00:02 / 16.02.2023 0 1150

RAHMATLI BUVIM

Rahmatli buvim asl sovet ayoli edi. Sovetga juda bogʻlanib qolgan, Kommunist partiyasi bilan birga nafas olardi. Hech yodimdan chiqmaydi, har yil Stalinning oʻlgan kuni Yosinni oʻqir va bir kun qaytib kelishini taʼkidlardi. Hamma uni qarib, miyasi chirib ketgan deb hisoblardi. Biroq men rahmatli buvimni yaxshi tushunardim, hech kapitalizmga oʻrgana olmagandi, har doim “Coca-cola”ga non toʻgʻrab yerdi.

Orxan Rasimoʻgʻli

 

HAYOT – JUDA GOʻZAL

Bazoʻr nafas olar, ehtimol, soʻnggi kunlarini yashayotganini his qilib turardi. Toʻsatdan hovlidan bir faryod eshitildi. U qanday boʻlmasin hamshiraga oʻzini derazaga yaqinlashtirishini soʻradi. Tashqarida bir odam oʻlgan, yaqinlari esa yigʻlab dod solardi. Yuragi battar gʻamga toʻlib, koʻzlari yoshlangan holda soʻnggi soʻzini aytdi u: “Hayot – juda goʻzal!”

Elnur Sodiqov

 

HAYOT YOʻLI

Qizaloqning xorijda tahsil olish, baxtiyor oila qurish, ona boʻlish kabi bir qator orzulari bor edi. Biroq umr vafo qilmadi, “abort” qilindi.

Fuad Rasulzoda

 

ASKARNING SHODLIGI

Soatlarcha davom etayotgan urushda uning faqat bitta istagi bor edi: “Qaniydi, besh daqiqa tinchlik boʻlsa, etigimni yechib oyogʻimni bir marta qashisam”. Baʼzida qoʻlidagi oʻq toʻla avtomatni oyogʻiga otib, boʻshatishni istardi. Ortiq chiday olmasdi. Oyoqlarida zamburugʻ xastaligi bor, dorilari esa tugab boʻlgandi.

Soʻnggi jang... Shundoq yonida mina portladi... Murdalar atrofga sochilib ketdi.

Shifoxonada koʻzlarini ochdi. Xotirasida qolgan soʻnggi narsa: oyogʻini bir marta qashlash istagi edi... Askar esa endi ularni hech qachon qashlamasligini oʻylab ich-ichdan shodlanardi.

Parviz Imanov

 

Ozarboyjonchadan

Rahmat BOBOJON

oʻgirmasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 246
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 242
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 597
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 354
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 528
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232983
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112760
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65391
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55228
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49590
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39118
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38217
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36926
“Avesto”

//