499 ta belgidan iborat hikoya


Saqlash
23:02 / 15.02.2023 0 1396

499 ta belgidan iborat hikoya

Narh-navolar koʻtarilib, ishlayvergandan qoʻllar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida u shunday eʼlon oʻqib qoldi: "500 ta belgidan iborat qisqa hikoya yoz. Tanlovda qatnash va gʻolib boʻl. Har harfi uchun 60 gepil".

Choʻntagidagi soʻnggi 20 gepikka  sigareta olgandi. Ochligidan qorni cherkov qoʻngʻirogʻidek jaranglar, kun koʻrish qiyin, pul juda zarur edi.

Uyga keldi-yu, eski "Pentium-4" kompyuterining "Power" tugmasini oyogʻining bosh barmogʻi bilan bosdi. Yangi fayl ochdi. Klaviatura boʻm-boʻsh xonada ayovsiz faryod chiqara boshladi: "Narh-navolar koʻtarilib, ishlayvergandan qoʻllar tizzadan pastga tushgan qimmatbaho kuz kunlarining birida..."

Rafiq Ahmad

Suiqasd

Onam meni ilk va soʻnggi marotaba tushida koʻrgandi. Oʻsha kuni tongni qon ichida qarshilab bolasini oʻldirib qoʻyganini angladi. Men na quyoshni, na deraza oynasida yomgʻir tomchilarini, na boshqa goʻzalliklarni koʻrdim. Men ehtiros va ishqdan yaraldim, otamning buyrugʻi bilan onam qabul qilgan qaror tufayli vafot etdim.

Husayn Husaynzoda

"Qayerdasan?"

11 yildirki oʻqishim tufayli ota-onam bilan birga yashamayman. Otam har kun qoʻngʻiroq qilib, "Qayerdasan" degan savolni soʻraydi. Salomlashmaydi, ahvolimni ham soʻramaydi. Hatto telefonimga uning nomini ota emas, "Qayerdasan" deb saqlab qoʻyganman. Undan qoʻngʻiroq kelarkan, hamisha qayerdaligimni bildiruvchi bahona oʻylab topishimga toʻgʻri keladi. Bir kuni kechasi soat oʻn bir yarimlarda otam yana telefon qildi. Doimgi savol yangradi. Oʻsha payt kayfiyatim yoʻq edi, jahl qilib "Feysbukdaman" deb javob qaytardim. U esa oʻylab oʻtirmay baqirdi: "Balo bormi feysbukda bu mahalda, chiq, darhol uyga bor!"

 Hojiog'a Aliyev

 

Ozarboyjonchadan

Rahmat BOBOJON

oʻgirmasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 246
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 242
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 597
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 354
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 528
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232983
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112760
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65391
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55228
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49590
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39118
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38217
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36926
“Avesto”

//