Ota


Saqlash
22:02 / 08.02.2023 1 1075

1988-yil 8,2 ball kuch bilan yuz bergan zilzila Armanistonni kunpayakun qilib yuboray dedi. U atigi 4 daqiqa ichida 30 000 dan ziyod odamning hayotiga zomin boʻldi.

Ana shu dahshatli daqiqalarda hayoti xavfsizligiga ishonib stepanakertlik bir kishi xotinini uyda qoldirdi. Oʻgʻlidan xabar olish uchun maktabga yugurdi. Ammo bino oʻrnida hosil boʻlgan vayrona tepalikka duch keldiyu dahshatdan qotib qoldi. Shunda toʻsatdan xayoliga qachonlardir oʻgʻliga bergan vaʼdasi tushdi:

– Qanday hodisa yuz bermasin, men albatta, senga yordamga yetib kelaman!

Otaning koʻzi yoshga toʻldi. U vayronaga tikilarkan, biror chora, najotni koʻrmadi, lekin xayolida oʻgʻliga bergan vaʼdasi charx uraverdi.

U farzandini har kuni maktabning qayeriga yetaklab borganini eslashga urinib, binoning oʻng tomonidagi burchakda joylashgan sinfni chamalab topdi. Va xarobani kovlashga tushdi. Bu orada boshqa oʻquvchilarning ham qaygʻuga botgan ota-onalari yetib kelishdi. Ular alam bilan:

– Oʻgʻlim! Qizim! – deb faryod urishdi. Baʼzi ota-onalar:

– Endi kech!

– Allaqachon halok boʻlishgan!

– Biz endi ularga yordam berolmaymiz!

– Uyga ketdik! – deb qaygʻuga botishdi. Bolaning otasiga ham:

– Aql bilan ish tuting, urinish befoyda. – deb maslahat berishdi.

Shunday tasalli bilan unga yaqinlashgan har bir kishidan bolaning otasi bir narsani soʻrardi:

– Siz menga yordam bermoqchimisiz! – u shunday derdiyu, qoʻli ishdan toʻxtamasdi. Ishonch bilan toshlarni koʻchirib, vayronani ochib borar, bu harakati bilan oʻzini tobora oʻgʻliga yaqinlashayotganday his qilardi.

Shu choq oʻt oʻchiruvchilar komandiri kelib hammani hayday boshladi:

– Hozir hammayoqni olov qoplaydi, portlash yuz berishi ham mumkin. Siz oʻzingizni xavfga qoʻymang. Uyga ketinglar. Bu yerni tozalashni oʻzimiz uddalaymiz.

Bolasini qutqarishga urinayotgan ota pinagini ham buzmay ishini davom ettirarkan savolini takrorladi:

– Siz menga yordam bermoqchimisiz?

Atrofni qoʻriqlayotgan militsiya hodimi ham tanbeh berishni unutmadi:

– Bu telbalik, bunaqada boshqalarning hayotini ham xavfga qoʻyasiz, uyingizga boring bu ishni bizga qoʻyib bering.

Ota unga yuzlandi:

– Siz menga yordam bermoqchimisiz? Yoʻq boʻlsa, ishimga aralashmang! – shu gapdan soʻng militsiya xodimi undan yiroqlashdi.

Ota esa butun irodasini, kuchini ishga solib, xarobani kovlashda davom etdi. U oʻgʻlining tirik yoki oʻlikligini oʻz koʻzi bilan koʻrishni istardi.

Oradan 8,12,24… 36 soat oʻtdi. Nihoyat 38 soat deganda u ulkan beton boʻlagini surayotib oʻgʻlining ovozini eshitdi.

– Armand! – oʻgʻlini chaqirdi ota.

– Dada! Bu sizmi, dada! Qoʻrqmang, men tirikman. Kelishingizni bilardim. Men boshqa bolalarga ham, xavotirga tushmanglar, dadam bizni qutqaradi, dedim. Axir siz menga “Nimaiki yuz bermasin men albatta yordamga yetib kelaman”, deb soʻz bergansizku, dada.

– U yerda nima boʻlyapti? Ahvolingiz qalay? – soʻradi ota oʻzini yigʻidan arang bosib.

– Oʻttiz uchta boladan 14 ta qoldik. Biz hammamiz ochmiz, issiqlab ketyapmiz, havo yetishmayapti, qoʻrqyapmiz, dada! Hammamiz sizni kutdik. Bino qulaganda biz devor chetiga turib oldik, u bizni qutqarib qoldi.

– Boʻlaqol oʻgʻlim, chiq tezroq, kutyapman, – dedi ota soʻnggi beton qoldigʻini surarkan.

– Yoʻq dada, avval boshqa bolalar chiqsin. Meni qutqarishingizga ishonaman. Nima yuz bermasin, siz bari bir yordamga kelasiz, – oʻgʻilning ovozida ishonch va faxr ohanglari jarangladi...

 

Maqsud JONIXONOV

1 Izoh

Nargiza

12:01 / 01.01.1970

Juda taʼsirli voqea ekan. Koʻzimda yosh bilan bir nafasda oʻqidim. Dadalarimiz sogʻ salomat boʻlsinlar...

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1260
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 239
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 255
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 195
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 214
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223174
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106758
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48779
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37012
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35392
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29637
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28545
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28467
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//