Turkiyadagi zilziladan omon qolgan ayol iqrori


Saqlash
21:02 / 08.02.2023 0 1393

Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila hammamizga ayon haqiqatlarni yana bir karra eslatdi. Yana bir marta insonning ojizligi va undan faqat yaxshilik qolishini tushunib yetdik. Zilzila boʻlgan hududda yashovchi dugonamdan xabar olganimda, menga javob berarkan bularni yozdi:

"...Koʻchada qolgan boshpanasiz odamlarning yonidan boshimizni baland koʻtarib oʻtib ketar yoki insof qilsak, mayda pul berardik. Zilziladan keyin, hokimiyat tarqatayotgan yemaklardan olish uchun ular bilan bir qatorda navbatga turishga majbur qoldik... Yoʻq, men bundan nolimayapman. Senga boshqa narsani aytmoqchiman.

Koʻchada olov atrofida isinib oʻtirganimizda keksa bir kishi: “Ol, qizim, shunga oʻranib oʻtir”, deb qalin koʻrpa koʻtarib keldi. Keyin “Oʻgʻling tirikmi, jabr koʻrmadimi?” deb soʻradi. Hayron boʻldim. Butunlay notanish odam. “Xudoga shukr, oʻgʻlim sogʻ-omon” desam, xursand boʻlib ketdi. Biroz gaplashdik. Bilsam, bu odam koʻchada yasharkan. Qachondir oʻgʻlim ikkimiz unga toʻrtta nonga yetgulik pul bergan ekanmiz... Unutmagan ekan... Oʻpkam toʻlib ketdi... Bu zilzila shaxsan men uchun xayrli boʻldi. Oʻz qobigʻimga oʻralib, odamgarchilikdan chiqib qolayotgan ekanman. Oʻzimga keldim. Koʻzim ochildi!..

Sen shuni yoz. Toki, boshqalarning ham koʻzi ochilishi uchun boshiga bir balo kelishi shart boʻlmasin. Odamlar koʻzini ochsin!.."

Dilfuza KOMIL

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//