Bajarilmas vaʼda


Saqlash
15:02 / 03.02.2023 0 1681

Bajarilmas vaʼda

– Menga qachon velosiped olib berasiz, hamma joʻralarimda borku.

– Maktabdan “5” baho olib kelsang olib beraman.

– “Muallim, menga «5” qoʻymang, iltimos», derdi, kambagʻal otasining vaʼdasi bajarilmay, qisinib qolishini istamagan bola.

Tazabay Yuldashev

 

Yolgʻon

Onam tashvish qilmasin, deb kasalligini ancha vaqt yashirib yurdi. Attang, jonsiz tanasini yashirolmasligini tushunguncha kech boʻlgandi...

Meyrambek Abdiqaliyev

 

Xato

Onasiga har doim aralashmang, derdi. Keyin birdan jimib qoldi... Boshqa bunday demayman, dedi. Endi bunday demasligi aniq... U qabr ustiga gul qoʻygancha uyiga qaytdi.

N.Qidirniyazov

 

Qisqa umr

Ona bolasini qosh qorayganda molxonadan tuxum olib kelishga yubordi. Kelavermagach, sannay-sannay molxonaga kirib, tuxumni emas, besh yashar bolakayning jonsiz tanasini olib chiqdi.

Sanavar Jumaniyazova

 

Orzu

24 yoshli yigitning aytgan gapi:

“Katta boʻlsam men ham shunaqa mashina olaman”...

Ikrom Bekberdiyev

 

Deputat

Deputatlarimizdan biri konferensiyada chiqib maqtandi: “Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlatning biri”.

Biroq, u avtomobil olish uchun byudjet xodimi 28 yil maoshini yemay-ichmay yigʻishi kerakligini aytmadi.

Marat Mamutov

 

Qoraqalpoq tilidan Nodirbek YOʻLDOSH oʻgirdi.

 Foto: Xolida MUSULMONOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 171
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234108
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56756
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51173
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39467
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39317
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39003
“Avesto”

//