So‘z martabasi adog‘sizdir


Saqlash
22:02 / 01.02.2023 0 1119

...so‘z durredurkim, so‘z marjonkim, bir durkim, uning daryosi, o‘rni, makoni ko‘ngildir. Va bu ko‘ngildan chiqarlarkim, bu makonda eng kichikdan eng kattagacha bo‘lgan ma’nolar jamlangandir. Ma’lumki, gavhar daryodan g‘avvos mehnati bilan jilva ko‘rsatadi va uning qiymati javharning katta-kichikligiga ko‘ra bilinadi.

 

Ko‘ngildan ham so‘z duri nutq sharafiga, ulug‘ligiga ilm, hunar egasining mehnati natijasiga ko‘ra so‘zlash, naql etish ila chiroy ko‘rguzur va aytgan so‘zining qiymati ham, martabasi ham nisbatiga, pastu balandiga ko‘ra atrofga yoyiladi va shuhrat topar. Gavhar qiymatiga ko‘ra ma’lumkim, juda ko‘p farqlanadi, hatto bir diramdan yuz tumangacha desa bo‘lur.

 

Qit’a:

Injuni shodlanish uchun olsalar,

Bir diramlik bir misqoli ming bo‘lur.

Bir diramdir shoh quloqqa solsa ham,

To‘lovi davlat xazinasi hisobidandir.

So‘z durining tafovuti, farqi bundan ham chek-chegarasiz va martabasi mundin ham adog‘sizroqdir. Andoqki, sharafidin – azizligidin o‘lgan badanga ruhi pok-tiriklik, jon yetar; dag‘alidan, qo‘polidan tirik tanda zahar belgisi ko‘rinar.

 

Alisher NAVOIY,

“Muhokamat ul-lug‘atayn” asaridan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41523
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//