Moskva tasavvurlari: qirgʻizcha qatralar


Saqlash
17:01 / 31.01.2023 0 1558

Tugʻilgan joy

U sharqirab oqib turgan daryodan obkashda suv tashirdi. Suv juda shirin, koʻp vaqtga yetardi. Endi u boshqa joyda. Suv ham uy ichidan chiqadi-yu, lekin taʼmi yoʻq.

 

Qoʻrquv

U har doim oʻlaman deb qoʻrqitardi: gohida pichoq bilan, gohida arqon bilan. Birov uni boʻgʻib oʻldirmoqchi boʻlganida, oʻlmaslikka astoydil harakat qildi. Ammo urinishlari besamar ketdi.

 

Hayrat

– Ustoz, 2000-yildayoq beshinchi okean xaritaga tushgan, – dedi shogird quvonib, goʻyo oʻsha okeanni oʻzi kashf etgandek.

– Ertakchiga oʻxshaysan, gʻoʻldirab... – Sirtqini tugatgan muallima zahrini sochib gapirdi.

– Men... men televizorda koʻrdim, – dedi oʻquvchi sinfdoshlarining kulgisidan hayratlanib.

 

Moskva

– Eh, Moskva! Mening borishim faqat orzu boʻlib qoldi, oʻgʻlim... – ota koʻzlari quvnab, dadil gapirdi.

– Mening sogʻligim qoldi Moskvada... – soʻzladi bola zaif va beparvo...

 

Qaytish

Berayotgan bilimimni toʻgʻri qabul qilinglar, boʻlmasa qaytarasizlar, dedi domla.

Aytganidek, sessiya paytida talabalarning saqichga ham puli qolmadi.

 

Qoʻshnilar

U yangi uyga koʻchib keldi. Chap tarafdagi qoʻshnilar juda janjalkash edi. Ammo u bunga parvo qilmasdi. Baribir oʻng tarafdagi qoʻshnilarga oʻxshab tinchlanishar, derdi xayolida.

Uyning oʻng tomoni qabriston edi.

Kauhar BIYMAMAT qizi

Qirgʻiz tilidan Nodirbek YOʻLDOSH oʻgirdi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//