Hamma bir-birini aldaydi, lekin bu ahamiyatsiz, chunki birov-birovni eshitayotgani yo‘q – Eynshteyndan noodatiy 10 iqtibos


Saqlash
16:01 / 31.01.2023 0 2288

Ilm odamlari, dunyo tamaddunini o‘zgartirgan katta iste’dod egasi bo‘lmish olimlar negadir juda quruq, hissiz va qattiqqo‘l deb tasavvur qilinadi. Ammo Albert Eynshteynning suratlariga qarab bunday deya olmaysiz. Umuman, nisbiylik, gravitasiya to‘lqinlari, kvant ko‘chish nazariyalari muallifidan quyida keltirilgan iqtiboslar uning tadqiqotlari kabi tushunarsiz va hissiz emas. Ular o‘ta samimiy, xuddi shoir satrlari kabi yorqin va tugal.

 

 

1. Dunyo bir-ikki odam yovuzlik qilgani uchungina emas, aksincha, ko‘pchilik buni ko‘rgani va indamagani evaziga xavfga to‘ladi.

 

2. Bizning hislarimiz va harakatlarimiz juda ziddiyatli hamda tushunarsiz... va ularni yengil, sodda formulalar bilan tushuntirishning hech iloji yo‘q.

 

3. Ikki cheksizlikni bilaman: koinot va insonning ahmoqligi. Koinotning cheksiz-cheksiz emasligi haqida hali yana o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.

 

4. Qandaydir alohida iste’dodim yo‘q. Shunchaki o‘ta qiziquvchanman, xolos.

 

5. Agar stol ustidagi tartibsizlik miyadagi tartibsizlikni anglatsa, bo‘m-bo‘sh stol nimani anglatadi?

 

6. Hayot kechirishning ikki uslubi bor: yo unda biron mo‘jiza sodir bo‘lmaydigandek, yo mo‘jizalardan iboratdek yashash kerak.

 

7. Mantiq sizni A nuqtadan B nuqtaga olib boradi. Tasavvur esa istagan yeringizga.

 

8. Hech qachon kelajak haqida o‘ylamayman. U shundog‘am men bilan, ko‘p o‘tmay unga to‘qnashaman.

 

9. Har bir mashaqqat zamirida imkoniyat bo‘ladi.

 

10. Hamma bir-birini aldaydi, lekin bu ahamiyatsiz, chunki birov-birovni eshitayotgani yo‘q.

 

Alisher FAYZULLAYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 158
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 254
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 470
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234269
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113492
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68010
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57029
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51428
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39868
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39557
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39429
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//