Besh yashar qizning ishi: qoraqalpoqcha drabbllar


Saqlash
19:01 / 19.01.2023 0 2460

Tilak

 

– Dunyodagi eng yaxshi tilak qanday?

– O‘lma.

– Eng yomoni-chi?

– O‘lma.

 

Allayar Darmenov

 

O‘sish

 

– Otajon, katta bo‘lsam lavozimli odam bo‘laman.

– Barakalla, bolam, niyatingga yet.

Otasiga aytilgan bu so‘zlardan keyin o‘ttiz yil o‘tdi. U ulg‘aydi. Faqat soch-soqoli o‘sgani va mazmunsiz umriga umr qo‘shilgani qoldi.

 

Qobilbekov Timurbek

 

Evolyutsiya

 

Tuproq. Inson. Qavm. Xalq. Urush. Til. Millat. Urush. Millat. Fan-texnika. Til. Globallashuv. Til. Illat...

 

Azizbek Dabilov

 

Suhbat

 

 Jurnalist: Odamlar o‘rtasidagi munosabatni qanday baholaysiz?

 Psixolog: Qarama-qarshi.

 Jurnalist: Sabab?

 Psixolog: Dunyoga kelganda sen yig‘laysan – ular quvonadi. Dunyodan o‘tganda quvonasan (menimcha) – ular yig‘laydi.

 

Periyzat Pirjanova 

 

Talaba

 

Avgust. Abituriyent degani – oyog‘i kuygan tovuq. Men ham qattiq tayyorlangandim. Biroq bilimimga ko‘pchilik ishonmasdi. Test topshirdik. Javoblar chiqdi. Talaba bo‘ldim. Bilim muhim emasligini isbotladim.

 

Nilufar Tojimuratova

 

Besh yashar qizning ishi

 

– Qizim, jo‘jalarni qamab kel.

– Nega?

– Dalada uxlab qolmasin.

– Men allaqachon uxlatganman. Bo‘ynidan qisgandim, ko‘zini yumib yotvoldi.

– Boplabsan, ular endi hech qachon uyg‘onmaydi.

 

Xafiyza Sultaniyazova 

 

Texnika asri odamiga savollar

 

– Turmush o‘rtog‘ingiz bilan qanday tanishgansiz?

– Telefon orqali.

– Ota-onangiz, farzandlaringiz bilan suhbatlashib turasizmi?

– Telefon orqali.

– Do‘stlaringiz bilan aloqangiz qanday?

– Telefon orqali.

– Xo‘sh, endi oxirgi savol. Siz uchun hayot mazmuni nimada?

– Telefondan izlab ko‘ray-chi...

– ???

 

Ikrom Pardaboyev 

 

Shukronalik

 

Maoshim oz, ishga qatnashdan ham qiynalib ketdim...

Karantin e’lon qilindi, endi ishsizman. Har kuni do‘kondan to‘lib qaytgan xaltam bugun yengillashgan. Go‘sht yegan kunimiz bayramga, makaronu ugralar doimiy osh-ovqatimizga aylandi.

Allohim, o‘zingga shukur, noshukurligimdan saboq oldim.

 

Dilfuza Tursinbekova 

 

Diniy ekstremizm

 

Men juda kuchliman. Ularning oqimiga qo‘shilib qolmayman. Ular meni qanday aldashlarini bilaman...

Men juda kuchliman. Dinimni oxirigacha himoya qilaman. Bu yo‘lda hech kimni ayamayman. Olg‘a! Olg‘a!

 

Ayjamal Pirjanova 

 

Qoraqalpoq tilidan Nodirbek YO‘LDOSH tarjimasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 68
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 110
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 388
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 618
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 579
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113319
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67771
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56672
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51082
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39446
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39282
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38879
“Avesto”

//