Jolboldi Sultonbek o‘g‘li. Drabbllar


Saqlash
14:01 / 04.01.2023 0 1737

BUGʻDOYZOR

 

– Bugun qo‘riqchi yo‘q shekilli, mollaringni bemalol bug‘doy oralab boqib yuribsizlar?

 

– Ha-da. Otasi olamdan o‘tibdi, ta’ziyada hozir...

 

PANJARA

 

“O‘lganimdan keyin bolalarim o‘tinga ishlatar”, – oqsoqol shunday deb panjara o‘rniga tut daraxti o‘stirgandi.

 

Yaqinda “Otamizning yiligacha bitirib olaylik”, – deya bolalari tutlarni ildizi bilan qo‘porib, o‘rniga pishiq g‘ishtdan mustahkam devor o‘rnatdilar.

 

POYABZAL

 

Keltirilgan kiyim-kechaklardan bir etikchani kiyib, ko‘zlari quvonchdan porlagan bolakaydan volontyor so‘radi:

 

– Bu senga katta emasmi?

 

– Hechqisi yo‘q. Qavat-qavat qilib paypoq kiysam bo‘ldi!..

 

IMON

 

Mullaning “Ro‘molsiz ayol – imonsiz!” degan gapidan keyin "Imonsiz!" – deb xotinini kaltakladi.

 

O‘sha kuni u mastligidan zo‘rg‘a oyoqda turardi.

 

AVTOHALOKAT

 

– Nega hozir avtohalokat degani ko‘p?

 

– Pora evaziga olingan haydovchi guvohnomalarining mevasi!

 

Qirg‘iz tilidan Nodirbek YO‘LDOSH o‘girdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68949
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58516
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40144
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//