Xudo jazo beraman desa, avvalo odamning aqlini oladi – Dostoyevskiyning “Telba”sidan sara iqtiboslar


Saqlash
00:12 / 21.12.2022 0 1502

...jimjima – bu juda ham xatarli narsa.

 

* * *

Bola eng mushkul vaziyatda ham haddan ziyod foydali maslahat berishi mumkinligini kattalar bilmaydilar.

 

* * *

...har kimning o‘ziga yarasha kamchiligi va... o‘ziga xos odatlari bo‘ladi, ba’zan birovning qiliqlarini barmoqlarini bigiz qilib ko‘rsatishadi, lekin o‘zlarini surishtirib qaralsa, bundan besh-battarroq chiqadi.

 

* * *

Pulning qabohati va yaramasligi shundaki, u hatto yo‘q talantni bor qiladi.

 

* * *

...odamning qanday yolg‘on so‘zlayotganini kuzatib o‘tirishning o‘zi qiziq.

 

* * *

Rahm, ehtimolki, butun odamzod borlig‘ining eng ulug‘ va birdan-bir qonunidir.

 

* * *

...bu she’rda ideal bilan yashashga qobil bo‘lgan odam tasvirlangan, ikkinchidan o‘z ideali yo‘lida butun umrini bag‘ishlaydigan va hech narsadan toymaydigan odam. Bizning zamonamizda bunaqasi noyob uchraydi.

 

* * *

...olijanob va sofdil odam, ya’ni sog‘lom fikrlaydigan odam demoqchiman, qonunlar majmualarida yozilmagan narsalar borasida ham olijanob va sofdil bo‘lib qolmog‘i darkor.

 

* * *

Aldangan qizni hammaning hukmiga olib chiqib sharmanda qilish vahshiylik, insongarchilikdan yiroq narsa. Agar shunday qiladigan jamiyatni odamgarchilikdan uzoq deb hisoblasang, unda qiz bechoraning ahvolini shu jamiyat og‘irlashtirganini tan olishing kerak.

 

* * *

...hatto eng ashaddiy, g‘irt qotil ham har qalay o‘zining jinoyatchi ekanini biladi, ya’ni vijdonan yomon ish qilganligini anglaydi, lekin pushaymon qilmaydi.

 

* * *

O‘zini o‘zi xarob qilish va o‘z-o‘zini saqlash qonunlari odamzod uchun baravar darajada kuchlidir! Shayton odamzod ustidan hali bizga tobe bo‘lmagan zamonlarga qadar hokimlik qilib boradi.

 

* * *

...yolg‘on gapirayotganda, agar yolg‘onga juda ham aql bovar qilmaydigan, antiqa, hayotda bo‘lmaydigan yoki juda kam uchraydigan biron narsani qo‘shib-chatib yuborsangiz, yolg‘on xuddi chinga o‘xshab qoladi.

 

* * *

Filhaqiqat, Xudo jazo beraman desa, avvalo odamning aqlini oladi.

 

* * *

Insoniyatga bo‘lgan mubham muhabbatingda doimo deyarli faqat o‘zingnigina yaxshi ko‘rasan.

 

* * *

O, ishonchingiz komil bo‘lsinki, Kolumb Amerikani ochgandan keyin emas, Amerikani ochayotgan chog‘da baxtli bo‘lgan; ishonchingiz komil bo‘lsinki, u Yangi Dunyoni ochmasidan uch kun ilgari o‘z iqbolining eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilgan, o‘shanda uning kemasidagi odamlar g‘alva ko‘tarishgan, sal bo‘lmasa Yevropaga qaytib ketmoqchi bo‘lishgan!

 

* * *

...inson kallasida tug‘iladigan har qanday daho g‘oyada yoki fikrda boshqa odamlarga anglatib yetkazib bo‘lmaydigan, jild-jild asarlar va sharhlar yozib, o‘ttiz besh yil tushuntirishga harakat qilib ham anglatib bo‘lmaydigan allanima qolib ketadi; miyangizda aslo chetga chiqishni istamagan allanima doim qoladi, abadiy sizdan ajralmaydi; siz shunday o‘lib ketasiz, o‘zingizning eng asosiy fikringizni hech kimga bildirmay, hech kim bilan o‘rtoqlashmay o‘tib ketasiz.

 

* * *

Tajang va xafa bo‘lishni yaxshi ko‘radigan odamlar toifasi bo‘ladi, ular xafa bo‘lishdan lazzat topadilar, ayniqsa xafagarchiliklari o‘zining oxirgi nuqtasiga yetgan bo‘lsa (bu tez-tez bo‘lib turadi), bu narsa ularda juda kuchaygan bo‘ladi. Bunday paytlarda ular o‘zlarini xafa bo‘lmagandan ko‘ra xafa bo‘lgan holda ko‘rishni ma’qul sezadilar.

 

* * *

Shaxsiy yaxshilik hech qachon yo‘qolmaydi, chunki u shaxsning ehtiyoji bilan bog‘liq, bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siridan kelib chiqadigan jonli ehtiyojdir.

 

* * *

...inson xatti-harakatlarining sababi odatda keyin biz uni tushuntirganga qaraganda haddan tashqari chigal va rang-barang, juda kamdan-kam hollarda aniq bir belgiga ega bo‘ladi.

 

* * *

Kamolotga erishish uchun oldin ko‘p narsalarni tushunmagan bo‘lish kerak.

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1256
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 237
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 253
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 210
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223152
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106745
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48744
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36970
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35356
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29627
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28537
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28436
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//