Bir chimdim mehr


Saqlash
17:09 / 27.09.2021 0 1520

Ishga kelayotsam, qo‘shnimiz jig‘ibiyroni chiqib, mashinasini kavlayotgan ekan. Har zamonda tepib qo‘yadi. Uni bu holatda ko‘rib indamay o‘tib ketolmadim. So‘rashib muammosi bilan qiziqdim. Mundoq qarasam, mashinasining tagi qop-qora. Motorni tekshirdim. Moy yo‘q, to‘kilib ketgan. Qo‘shnimga buni tushuntirdim. Mashinaga ulab, mahallamizdagi ustaxonagacha olib bordim. U yerda usta vaziyatni ko‘rdi, bizni eshitdi va qo‘shnimga tushuntirdi: «Qo‘shnidan yolchigan ekansiz, mashinani tushunarkan. Kim biladi, siz buni ko‘rmay, nimalar qilgan bo‘lardingiz. Otasiga rahmat bunday qo‘shnilarning!»

Katta yo‘lga chiqsam, yosh juvon ikki bolasi bilan sovuqda qaltirab turibdi. «Ippodromga» dedi. Yo‘lim edi, tashlab qo‘ydim. Pul uzatdi, olmadim. «Rahmat, yaxshi insonning farzandi ekansiz», dedi.

Ishdan qaytishda go‘sht olish uchun bozorga tushdim. «Terminal kechki yettidan keyin ishlamaydi», dedi uch-to‘rt kun oldin naqd pulga «okajon-okajon»lab go‘sht sotgan tanish yigit. Uning muomalasi yoqmay yarim soat tortishdim. Xaridorga xushmuomala bo‘lish, plastik karta orqali istalgan paytda narsa olish mumkinligini uqtirmoqchi bo‘ldim. «Borib bunaqa talablarni otangizga ayting», dedi pichoqlarini bir-biriga qayrab.

Asabim buzilib uyga keldim. Meni kutib olgan ayolim hol-ahvol so‘rashdi, choy-non olib keldi. «Dadangizni tush ko‘rgandim, bir ruhi poklariga tilovat qilib qo‘ying, ertalab aytmoqchi edim, vaqtli ketib qolibsiz», dedi u. Ta’sirlanib ketdim. Bir kunda to‘rt xil holat: har birida ham dadamni eslatishdi. Garchi qassob yigit qo‘pollik qilgan bo‘lsa-da, uyam padari buzrukvorimni eslatdi-ku baribir.

Shuning uchun ularniyam OTAsiga rahmat!..

Maqsud Jonixonov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 580
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 818
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231007
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111547
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63188
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 52539
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 47868
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36585
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33413
Kompetentlik

//