Yelib keldi


Saqlash
16:07 / 02.07.2025 0 926

Tilimizda yeldi degan fe’l bor. Bu so‘z o‘zagining o‘zi ildizi haqida gapirib turibdi. Uning o‘zagi yel. Odatda, juda tez yugurib kelgan odamga nisbatan “yelib keldi” deymiz. Azaldan bizda katta tezlik shamolga mengzalgan va eng tez harakatlanuvchi narsa shamol deb qaralgan. Sulaymonning shamoli haqidagi rivoyatlar ham shundan dalolat beradi. “Yeldi” fe’li “yelday yelib” ma’nosidan kelib chiqqan.

 

Mahmud Koshg‘ariyda yel so‘zining birinchi ma’nosi – shamol, ikkinchi ma’nosi – jin, deb izohlanadi. Bobomiz “ӭr jӭlpindi” (“er yelpindi”) degan ibora “odamga shamol tegdi” degan ma’no bilan birga “odamga jin tegdi” degan ma’noni anglatishini ham aytib o‘tganlar.

 

Turkiy tillarga xos bo‘lgan bir xususiyat borki, bir xil shakldagi ba’zi so‘zlar ot va fe’l bo‘lib keladi. Masalan: to‘ng – muz, to‘ng – sovuq qotgan (to‘ngmoq), qari – keksa, qari – keksaymoq, yel – shamol, yel – yelmoq.

 

***

Shamolning jinga, jinning shamolga o‘xshatilishi elimiz orasida qadimdan bor. Shamolning ismini “Jinhaydar” deyishlari ham shunga aloqador. Yozda kun qattiq qizib, qilt etgan shamol yo‘q paytlari onalarimiz:

 

Jinhaydar, ho, Jinhaydar,

Shamolingni qo‘yib yubor,

Ota-onang o‘libdi,

Janozasiz qolibdi,

Jinhaydar, ho, Jinhaydar,

 

degan qo‘shiqni aytishardi. Men bolaligimdan saratonda turadigan quyunni jin, ajina deb o‘ylaganman. Aniqrog‘i, biz bolalarga quyunni jin deb singdirishgan. Shuning uchun bolalar quyundan qo‘rqar edik. Kattalar quyunda qolgan bolaning boshi aylanadigan, og‘riydigan bo‘lib qoladi, uni ajina chalib ketadi deb qattiq uqtirishgan. Bu tasavvur bizga shunchalik singdirilganki, hozir ham quyunni ko‘rsam, ajinani ko‘rganday bo‘laman.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan” kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 180
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 279
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 498
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234365
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113556
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68106
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57149
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51541
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40050
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39588
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39471
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//