Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi – “Kichkina shahzoda”ning katta haqiqatlari


Saqlash
17:10 / 31.10.2022 0 1635

Kattalar hech qachon o‘zlaricha biron narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib beraverish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegib ketadi.

 

***

Boshing oqqan tomonga ketaverganing bilan uzoqqa ketolmaysan...

 

***

Mabodo kattalarga: “Men qizg‘ish g‘ishtli chiroyli bir uyni ko‘rdim, derazasida yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor”, deb aytsangiz, ular bu imoratni sira ham ko‘z o‘ngilariga keltira olmaydilar. Ularga: “Men yuz ming frankli uyni ko‘rdim”, deb aytish lozim – shundagina ular: “Ana go‘zallig-u mana go‘zallik!”, deya xitob qiladilar.

 

***

...dunyoda do‘stlarni unutib yuborishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q, axir do‘st bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi-da.

 

***

Bilasanmi... ba’zan yuraging nimadandir g‘ussaga to‘lib ketganda, botayotgan quyoshga birpas termulib o‘tirsang bormi...

 

***

Aytaylik, men bu dunyoda na tengi, na o‘xshashi bo‘lgan bir gulni bilaman, u faqat mening sayyoramdagina o‘sadi. Endi bir kuni jimitgina qo‘zichoq shartta borsa-yu uni paqqos yeb bitirsa! Nima ish qilib qo‘yganini hatto xayoliga keltirmasa...

 

***

Agar boshqa millionlab yulduzlarda uchramaydigan bir gulni yaxshi ko‘rsang, shuning o‘zi kifoya: osmonga boqqaning zamon o‘zingni baxtiyor his etasan. “Olislarda, qaydadir mening ham gulim bor”, deb shivirlasang bas – ko‘ksing tog‘dek yuksalib ketadi.

 

***

Osongina fosh bo‘lishing muqarrar vaziyatda yolg‘on gapirmoq – borib turgan axmoqlikdir!

 

***

O‘zingni tergash, sud qilib hukm chiqarish o‘zgalarni sud qilishdan ko‘ra ming karra qiyinroq. Agar o‘zingni to‘g‘ri sud qila bilsang, demak, chindan ham donishmand odam bo‘lib chiqasan.

 

***

Hozir odamlarning biror narsani bilishga vaqti qolmagan. Hamma narsani tayyorligicha do‘kondan olishadi. Lekin do‘st sotadigan do‘kon yo‘q-da, shuning uchun ham odamlar endi do‘st orttirmaydi.

 

***

Faqat bolalargina nima izlab yurganini bilishadi, – dedi Kichkina shahzoda. – Ular latta qo‘g‘irchoqqa ham yurak-bag‘rini berib mehr qo‘yadi, shu sababli u ularga benihoya qadrli bo‘lib qoladi. Shu sababli ham boladan qo‘g‘irchog‘i tortib olinsa, o‘ksib-o‘ksib yig‘laydi...

 

***

Sahro menga hamisha yoqadi. Qum barxaniga chiqib o‘tirasan, hech narsa ko‘rinmaydi, hech narsa eshitilmaydi, ammo baribir sahro qo‘ynida nimadir bilinar-bilinmas yaltiraydi...

 

***

Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u siyratda, botinda pinhon...

 

***

Odamlar jon-jahdi bilan tezyurar poyezdlarga oshiqib, nima izlayotganini o‘zlari ham anglamaydi... Shuning uchun ham orom neligini bilmay goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga zir yuguradilar. Lekin bari behuda...

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 391
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 978
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 1011
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228774
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110268
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 59475
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 47391
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 43380
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36882
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35016
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32104
Kompetentlik

//