Ustozga ko‘tarilgan qo‘l


Saqlash
20:10 / 07.10.2022 2 2045

2012 yil soliq kollejida direktor edim.  Katta kurs kursantlarni yakshanba kuni kunlik paxta terimiga hasharga olib bordik,  Yangiyo‘l tumaniga. Dala aylanib yursam, bolalarning to‘dalashib yugurganiga ko‘zim tushdi.  Chopib bordim.  Borsam ikkita 3-kurs kursant 70 yoshga kirgan general unvonidagi domlani uribdi,  tepgan.  Domlani labi yorilgan.  Bolalar yugurib borib ajratibdi.  Darhol o‘shattagi navbatchi milisiyaga protokol qildirib,  sudga oshirdim.  

 

Ertasiga bolalarning otalari kelishdi.  Xudoni zorini qilishdi,  sudlanmasin,  shuncha o‘qigani bir pul bo‘ladi deb.  Bolalaram yig‘lab kechirim so‘radi.  Sababi,  uchastka milisiya noziri,  agar direktor arizasini qaytib olsa sudga oshmaydi,  kelishinglar debdi.  Men: 

 

– Agar ikkita bola o‘zaro mushtlashsa mayli edi,  yarashtirardik,  bular ustoziga qo‘l ko‘tardi.  Domlalarni orasida ham so‘kadigani,  uradigani bor,  o‘shalar bo‘lgandayam mayli edi.  So‘rangchi, shu domla birorta bolani so‘kish tugul san deb gapirgan ekanmi? – dedim. 

 

 Domla haqiqattan hokisor,  kamtar va xushxulq inson edi.  Shundayam general ustoz meni oldimga kirib,  kechira qolaylik deydi.  Ko‘zini ko‘kargani ketmagan, labini shishgani ham.  Yo‘q deb turvoldim.  Suddan jarima bo‘lib o‘tdi. General domla keyin nafaqaga ketib qoldilar. 

 

Oradan 6 yil o‘tib,  kabinetda o‘tirsam yordamchim sobiq bitiruvchilardan biri kirmoqchi ekanini aytdi.  Men bilan Oliy majlis deputati va yana bir senator o‘tiruvdik.  Tadbir bor edi,  konstitusiya kuniga.  Tadbirdan keyin kirsin deb,  tadbirga chiqib kettim.  

 

Bo‘shaganimdan so‘ng uni so‘radim.  Shunda o‘rinbosarim Mavlon aka: 

 

– U ketdi.  O‘qishni tamomlab Rossiyaga borib ishlabdi.  Yog‘och tilish sexida.  Shunda 4 ta barmog‘ini uskuna yamlab ketibdi.  Bir qo‘lida 4 ta barmog‘i yo‘q,  nogiron bo‘lib qolibdi,  kecha 3-guruh nogironligini 2-guruhga o‘tkazishga hujjat topshiribdi.  O‘shanda dalada “Domlani urgan qo‘llaring sinib,  nogiron bo‘lib qolgin”  deb qarg‘agan ekansiz.  Pushaymon,  domladan kechirim so‘rashdan avval sizdanam so‘ray deb kelibdi.  Ketib qoldi,  boshqa kuni kelarkan, – dedi.  

 

Badanimdan muzday ter chiqdi... Allox uchun uni kechirdim dedim.  

Xech qachon ustozni og‘rintirib bo‘lmaydi...

Bahriddin ASROR

2 Izohlar

Dilorom

03:03 / 03.03.2024

Menda ham shunday voqea boʻlgan edi. Oʻquvchi urmagan -u, faqat haqorat qilib menga tuhmat qildi deb ishimizni sudgacha olib borgan. Men ham oʻsha oʻquvchini qargʻaganman. Lekin afsuslanmayman. Yuragim qattiq ogʻrigan.

Bobomurod

18:03 / 02.03.2024

Ustoz otagday ulug' deyishadi. Ular bu ishi orqali o'z otasini urgan bo'ladi va ota qarg'ishi(ota qarg'ishi o'q)ga teng qarg'ish olgan. Otani qanday hurmat qilsak ustozni ham xuddi shunday hurmat qilishimiz kerak.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 522
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 491
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 438
Marhamat aya sog‘inchi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225548
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108137
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55807
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40529
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31832
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30931
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30548
Alpomish

//