Akamdan kattaman...


Saqlash
21:09 / 03.09.2022 0 1489

 

Akam bilan oramizda ikki yosh farq bor edi. Bugun akamdan yetti yosh kattaman...

 

Men o‘qidim, akam o‘qiy olmadi. Har hafta qishloqqa kelsam, ohorli bo‘lgan qanday kiyimi bo‘lsa, menga berardi. “Sen o‘qiyapsan, yaxshiroq kiyin. Menga bo‘laveradi” derdi. Va yana uniqqan kiyimda qolaverardi...

 

Talabalik davrimda ko‘pincha daftar-kitoblarim orasidan qog‘ozcha chiqardi. Akamning xati: “Senga havas qilaman. Omadingni bersin, yaxshi o‘qi”.

 

Qachondir akam ham o‘qiydi derdim. Albatta, o‘qitishimga ishonardim. Faqat ozgina o‘zimni tutib olay, derdim.

 

O‘zimni tutib olgunimcha, akamni Alloh olib ketdi. O‘ttiz yoshda edilar. Shu sabab o‘ttiz yoshdan uzoqlab borayotganim doim og‘riq beradi. Akamdan yetti yosh kattaman bugun.

 

Ikki o‘g‘il, bir qizlari qolgan. Biroz oldin qishloqdan chiqdim. Ma’rakaga boryapman. Poyabzalimni olmagan ekanman. Jiyanlarimning ikkovi ham yangi oyoq kiyimini olib chiqdi. Yuqori sinfga o‘tishgan. Kiyib ko‘ring deyishdi, menga loyiq keldi. Ular katta bo‘lib qolishganidan kulishardi, men akamni eslab yig‘ladim. Ichimda. Aytmadim, bildirmadim. Hoziram ko‘zimda yosh...

 

Jiyanlarimda akam yashayapti! Alloh sizlarni asrasin. Aka shunday. Yaxshisini ilinadi, og‘irlikni o‘ziga oladi. Jigarlaringiz qadriga yeting...

 

Isomiddin PO‘LATOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 275
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 258
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 612
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 357
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 534
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233031
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112783
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65459
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55296
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49662
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39132
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38237
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37025
“Avesto”

//