O‘gay


Saqlash
15:08 / 31.08.2022 0 1670

O‘n to‘rt yoshli Yodgorjon yaqinda uydagi hujjatlar orasidan otasining birinchi nikoh guvohnomasi va bir ayolning o‘lim dalolatnomasini ko‘rib qoldi. Sanalarga e’tibor qaratib, “bejizga ismim Yodgor emas ekan”, degan xulosaga bordi.

 

Bu shubha kun sayin ich etini kemirib, onasining dakki berishlari ham ko‘ngliga og‘ir bota boshladi.

 

– Siz mening onam emassiz, shuning uchun meni ko‘p urushasiz. Siz o‘gaysiz, meni yomon ko‘rasiz, – dedi ko‘chaga chiqishga ruxsat bermagan onasiga.

 

– Dada, mening onam kim edi, u nega vafot etgan? – dadasidan kunora so‘raydigan bo‘ldi. Dadasining jimligi unga yanada azob berar va alamini onasidan olardi. Onaizor labini tishlab yig‘lashdan boshqa javob bermasdi.

 

Bir kuni Yodgorni dadasi erta uyg‘otdi va birgalashib qabristonga borishdi. Bir qabrni ziyorat qilib Qur’on tilovat qilishdi. Otasi uzoq sukut saqladi.

 

– Dada, bu kimning qabri? O‘z onajonimnimi?

 

– Yo‘q, bolam. Bu otangning qabri...

 

Daryo MIRZO

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 271
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 542
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233077
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112804
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65596
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55340
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49706
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39146
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37076
“Avesto”

//