Dunyoning mafkuraviy manzarasi


Saqlash
19:08 / 30.08.2022 0 9307

Dunyoning mafkuraviy manzarasi – jahonda ro‘y berayotgan g‘oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha. Bugungi dunyo muayyan yaxlitlikni tashkil etsada, undagi mintaqa va davlatlar, millat va xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo‘g‘rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko‘ra turli mavqega ega. Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlridan ham kuchli bo‘lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta’sir usullari bo‘lishi shubhasiz.

 

Jahon siyosiy xaritasida ko‘plab davlatlar mavjud bo‘lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘zaro farqlanadigan, ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o‘zga xalqlar, turli mintaqalar, davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta’sir o‘tkazish, ularni bo‘ysundirish uchun yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko‘zlangan asosiy muddao esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali o‘z manfaatlarini ta’minlashga intilishdir. Bunday ta’sir o‘tkazishning tinch yo‘li ko‘zlangan maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo‘li bilan bo‘lsa ham ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishga harakat qilinadi.

 

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, aksariyat ilg‘or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat qiladigan umuminsoniy g‘oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga, o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.

 

Xususan, turli shakllarda namoyon bo‘layotgan terrorchilik kuchli moddiy asosga ega bo‘lib, mafkuraviy xavfi ham ortib bormoqda. Bundan tashqari, e’tiqod umumiyligiga asoslanish, etnik birlikka urg‘u berish va yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bog‘liqlik asosida yakka mafkuralar hukmronligini ta’minlash va shu yo‘l bilan jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Lekin bular bugungi dunyodagi mafkuraviy jarayonlarni to‘la-to‘kis aks ettira olmaydi. Chunki globallashuv sharoitida bu jarayonlar yangicha tus va shakllarda namoyon bo‘lib, g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib bormoqda.

 

“Ma’naviyat” asosiy tushunchalar lug‘atidan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 566
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 838
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233816
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113232
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67485
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56305
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50742
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39385
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39116
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38465
“Avesto”

//