Vatan


Saqlash
16:07 / 29.07.2022 0 1202

Ularning sirtigina qolgan. Xuddi ichi sug‘urib olingan banan po‘chog‘idek shalvirab turishardi. Daraxtni quchoqlagancha botayotgan quyoshni tomosha qilayotgan boboning oldiga bibi astagina keldi. Tutga suyandi. U shu turishida nimasi bilandir suygan yori ko‘ksiga boshini qo‘ygan suluv kelinchakka o‘xshardi.

 

– Roziman.

 

Bobo Yerni tark etayotganidan yuzlari qizarib botayotgan Xurshid bilan xayrlashdi. Qo‘llarini duoga ochib, nimalarnidir pichirladi.

 

– Onasi, kunim bitgan ko‘rinadi.

 

Bibi nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, u yolg‘on gapirolmasdi... yerga qaradi.

 

Bobo esa Berlinga tashlab kelgan o‘ng oyog‘ining o‘rni sarin yelda bayroqdek hilpirab turganiga boqib, xayolga cho‘mdi. Miltiq ovozlari yonginasidan eshitilayotgandek tuyulgani uchunmi, qo‘rqib, ko‘zlarini ochdi.

 

–Xudoga shukur, yetkazganiga shukur. Onasi, bolalarimizni yig‘.

 

O‘n ikki farzand mehmonxonaga qaldirg‘ochlardek tizilishdi. To‘ng‘ichlari Tinchlik Intizor bibining qo‘lini kaftlari orasiga oldi. Bibi jilmaydi. Adolatxon, Hurriyat, Ozod va Obodlarning nigohi esa otasida edi.

 

Haqnazar bobo davomchilariga bir qur nazar tashladi.

 

– Senlarning ahil, mehribon ekanlaringga ishonaman. Bundan ko‘nglim to‘q. Lekin bir iltimosim bor. Har yili Vatanimiz mustaqilligi kunida qabristonlarni ziyorat qilinglar. Yurt qo‘shig‘i yuragingiz, uylaringizdan ko‘chalarga maktabga ilk bora borayotgan bolalardek beg‘ubor tarqalsin. Shu kuni ko‘zingiz Vatannigina ko‘rsin, so‘zingiz esa Vatan bo‘lsin!

 

U boshini quyi eggancha jimib qoldi. Bir payt ko‘zi qo‘ltiqtayog‘i yonidagi non ushoqlariga tushdi. Uni olib o‘pdi, ko‘zlariga surtdi.

 

Obid QO‘LDOSH

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 294
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 400
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 621
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234958
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114247
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68199
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57215
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51598
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40135
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39612
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39500
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//