Mulozamat tinglash, to‘yib yig‘lash, do‘st ijara olish – dunyodagi eng g‘aroyib xizmat turlari


Saqlash
20:07 / 27.07.2022 1 1668

 

Zamonaviy asrimizda odamlarga xizmat ko‘rsatishning turlari ko‘payib bormoqda. Ular orasida g‘ayrioddiy, g‘aroyib, o‘ziga xos takliflarni ham uchratish mumkin.

 

Daniyada shunday kutubxona bor, u yerda kitob o‘rniga biror insonni vaqtincha ijaraga olishingiz va uning hayotini 30 daqiqa tinglashingiz mumkin. Bu odamlar ishsizlar, qochoqlar, nochorlar bo‘lib, hayotiy hikoyalari bilan sizni lol qoldiradi. “Tirik kutubxona” loyihasi dunyoning 50 mamlakatida joriy qilingan va yil sayin unga talab ortib bormoqda. 

 

Yaponiyaning “NTV” firmasi odamlarga “Yoqimli mulozamat” xizmatini taklif qiladi. Agar ishlaringiz chappasidan ketib, o‘zingizni omadsiz va baxtsiz sanasangiz, unda ushbu xizmatdan foydalanib, kayfiyatingizni yaxshilab olishingiz mumkin. Kompaniya xodimlari sizga qo‘ng‘iroq qilib, bisotlaridagi eng maqtovli so‘zlar bilan sizni rag‘batlantirishadi.  Shuningdek, siz o‘z muammolaringizni aytib, maslahat olishingiz ham mumkin. Bu xizmatning mijozlari asosan 16-25 yoshli yigit-qizlar bo‘lib, kompaniya bu orqali yaxshigina daromad topadi.

 

Mashhur bo‘lishni orzu qilgan, ammo bunga erisholmagan odamlar uchun «Celeb 4 a Day» kompaniyasi o‘zining g‘aroyib xizmatini  taklif qiladi. 500 dollar evaziga vaqtinchalik mashhurlik onlarini his qilishingiz mumkin. Kompaniya xodimlari sizning uydan chiqish paytingizda  muxlislar to‘plab, paparassi uyushtiradi. Fotograflar tinmay sizni suratga ola boshlaydi, yollangan muxlislar esa dastxat so‘raydi hamda birga rasmga tushishni iltimos qilishadi. Bu xizmat turi AQSHning katta shaharlarida mavjud.

 

Internetda do‘st ijaraga beruvchi RentAFriend.com sayti faoliyat ko‘rsatadi. 2009 yildan buyon ushbu kompaniya odamlarga yaqin do‘st topib berish bilan shug‘ullanadi. Bunda insonlarning  umumiy qiziqishlari hisobga olinadi. Do‘stni  ijara olish haqi bir soatga 10 dollar turadi. 

 

Kutilmagan falokatlar tufayli ko‘plab insonlar yaqinlari bilan xayrlasholmay vafot etadi. Lastmessagesclub.co.uk pochtasi esa shunday xizmatni taklif qiladi: inson istagan payt oila a’zolari va do‘stlari uchun xayrlashuv maktubini yozib qo‘yishi mumkin. Mabodo maktub egasi vafot etsa, pochta xizmati xodimlari maktubni egasiga eltib beradi.

 

Yaponlar yana bir noodatiy xizmat turi bilan ko‘plab mijozlar orttirishmoqda. Ayrim mehmonxonalarda yig‘lash kabineti mavjud bo‘lib, u yerga asosan ayollar kelishadi. Yaponlar boshqalarning ko‘z o‘ngida hissiyotlarini ko‘rsatishni istamaydi, shuning uchun buni yolg‘izlikda amalga oshirishadi. Yig‘lash xonasida ko‘plab qog‘oz sochiqchalar terib qo‘yilgan. Agar yig‘lashga qiynalsangiz, xodimlar sizga qayg‘uli she’r o‘qib berishlari, tushkun videoroliklar namoyish etishlari mumkin. Pandemiya davrida mijozlarga xizmat turi onlayn tarzda ko‘rsatildi.

 

Nodirabegim tarjimasi

1 Izoh

Mahliyo

02:10 / 01.10.2023

Mulozamat so'zlar o'zbek tilida ham ko'p. faqat mana shunday xazinamizdan so'zlashuv jarayonida foydalanmasligimiz achinarli holat. Yaponiyada esa mulozamatli nutq orqali yaxshigina daromad qilishi menga yoqdi. Bizda ham joriy qilish kerak

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 47
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 235
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35347
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27552
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27484
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26664
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25382
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22638
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//