Sher va qashqir


Saqlash
01:07 / 26.07.2022 0 5595

Bir badavlat odam o‘g‘lini o‘qishga berdi. O‘g‘il yetarli bilim olib uyiga qaytgach, ota dediki:

 

– O‘g‘lim, endi tijorat bilan ham shug‘ullanib ko‘ring.

 

O‘g‘il karvonga qo‘shilib yo‘lga chiqdi. Cho‘lda ketayotganlarida sherning qo‘tosga chang solib yiqitganini ko‘rdi. Sher o‘ljasining hammasini yeya olmadi. Qorni to‘ygach, nari ketdi. Shunda payt poylab turgan qashqirlar va quzg‘unlar o‘ljaning qoldig‘iga tashlandilar. Bu manzarani ko‘rib, o‘g‘il o‘ylandi:

 

– Odam ham sher kabi barcha boyligini yeb ado qila olmaydi. Otamning boyligi ko‘p bo‘lgani holda mening tijorat yo‘lida sarson yurishimdan nima foyda. Undan ko‘ra otamning boyligidan foydalanib, ilm bilan shug‘ullanganim durust emasmi?

 

O‘g‘il shu qarorga kelib iziga qaytdi va maqsadini otasiga aytdi.

 

– O‘g‘lim, durust fikr qilmabsiz, – dedi ota. – Men sizning qoldiqlarni yeyuvchi qashqir yoki o‘laksaxo‘r emas, o‘ljani qo‘lga kirituvchi sher bo‘lishingizni istab edim. Toki, siz qo‘lga kiritgan o‘ljadan boshqalar ham foyda ko‘rsin.

 

Bu ibrat o‘g‘liga ma’qul keldi. Otasiga boqimanda bo‘lmay, o‘zi harakat qilib topdi, o‘zi yeb-ichdi, boshqalar ham undan manfaatlandi. Shuning barobarida ilm bilan shug‘ullanmoqqa ham fursat topdi. O‘zi ham o‘qidi, boshqalarni ham o‘qitdikim, fazli-kamoli yuqori bo‘ldi.

 

Tohir MALIK

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 219
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 467
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 418
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 739
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 481
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233586
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113103
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66718
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55995
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50420
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39308
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38845
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38023
“Avesto”

//