Falajlikda yozilgan asar


Saqlash
15:09 / 20.09.2021 0 1794

 (taqriz)

Insoniyat fikrlay boshlaganidan beri miflarning, dinlarning, falsafaning tahlil markazida bo'lgan tana va jon masalalarini bugun kundalik hayotda o'ylamay qo'yganmiz. "Skafandr va kapalak" muallifi Jan Dominik Bobi mutlaq falaj bo'lib qolgan edi. Skafandr bu tana, kapalakni esa unga qamalib qolgan jon, ruh, yoki ilmiy olib qaraganda miyaning fikrlovchi, hali tirik qismi desak bo'ladi.

Miyamizda hosil bo'lgan istakni tanamiz darhol bajaradi. Yaqin insonimizga shapaloq tortamiz, avtobus ortidan yuguramiz, muzlatgichni ochamiz, televizorni yoqamiz. Ruhiyatimizdagi holatlar, kayfiyatimiz ham darhol yuzaga chiqadi, qovog'imizni o'yamiz, yuzimizni bujmaytiramiz, jilmayamiz, tilimiz kimgadir sevgi izhor qiladi, kimningdir ko'nglini og'ritadi, kimnidir aldaydi.

Muallif kasallik natijasida harakatdan mahrum bo'ladi. Faqatgina bitta ko'zini ochib yumadi, xolos. Shu yerda tana va jon masalasi yuzaga chiqadi. Bir odam hamma qatori tirik, o'ylaydi, quvonadi, qayg'uradi, zerikadi, jahli chiqadi, sevadi, afsuslanadi, nimalarnidir istaydi, nimalardandir bezor bo'ladi, lekin u o'z tanasiga qamalib qolgan va chap ko'zdagi bir tuynuk orqali dunyoni kuzatib turishga mahkum.

Qamoqdagi mahkumlar dunyodan uzilib bir xona ichiga qamaladi. Kamyuning "Begona" sidagi Merso qamoqda sud hukmini kutib yotar ekan, ozod hayotda hech bo'masa bir kun yashagan odam keyin tutqunlikda butun umr eslab ovunadigan xotiralarga ega bo'ladi, degan xulosaga keladi. Armiyadaligimda, ozodlikdan mahrum qilinganday edik, harakat doiramiz cheklangan, kuni bo'yi qiladigan ish yo'q. Shu sharoitda xotiralar, o'tmish yordamga kelgandi. Inson butun hayotini detalma-detal tasavvurida tiklaydi. Ko'p narsani tushunadi. Xatolarini anglaydi. Xoh yaxshi, xoh yomon xotira bo'lsin, bari qadrli tuyuladi, faqat va faqat o'tmishda yashaladi.

Dominik Bobining unga birov barcha harflarni o'qib berib, keraklisiga kelganda ko'zini yumib ochishi orqali yozilgan bu kitobi tutqundagi ruhning xotiralari, kechinmalaridan iborat. Bu asarning qiymati shundaki, badiiy to'qima emas, shu ahvolga tushgan odamning rostakam o'y-xayollaridir. U skafandriga qamalib fikrlar ekan, osmonda, ya'ni boshqa dunyoda kapalakning ozod bo'lishi mumkinmi-yo'qligini o'ylaydi. Kitob chop etilganidan ikki kun o'tib muallif vafot etadi.

Ilhom Salimov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 126
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 93
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 550
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 513
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225684
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108215
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41280
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40600
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31888
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30971
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30620
Alpomish

//