Ulg‘ayishning jazosi


Saqlash
22:07 / 13.07.2022 0 1506

Qimmatbaho mashina tog‘ tomon uchib boryapti. Rulda bashang kiyingan erkak va  bir xonimcha. Mashinaning ochiq derazalaridan tashqariga sho‘x kuy taraladi, tashqaridan esa ichkariga keng dalalarda barq urib turgan bahorning anvoyi bo‘yi yopirilib kiradi.

 

Uzoqda, yo‘l muyulishida, ariq bo‘yida qo‘y boqib yurgan o‘spirinning qorasi ko‘zga chalinadi. Muyulish o‘tkir burchakli bo‘lgani bois erkak tormozni bosib, mashinani chunon sekinlatadi. Ochiq derazada o‘spirinning yarim qaddi paydo bo‘lib, ko‘zlari beixtiyor ravishda erkakning ko‘zlari bilan to‘qnash keladi. Shunda erkak o‘spirinning ko‘zlarida havas, hasad, istak va orzu uchqunlaganini sezadi...

 

O‘spirin bo‘lsa, erkakning shundoq ham to‘xtab qolay degan mashinadan shartta tushib, kalitni jon deya uning qo‘lidagi ko‘sovga o‘xshagan tayog‘iga, atir hidi anqib turgan usti-boshini esa, egnida osilib turgan, yoqalari kir-chir ko‘ylagiga almashar-da, qo‘ylarni oldiga solib haydagancha bobosi, enasi, otasi, onasi, akasi va ukalari jam bo‘lib yashayotgan bolalik uyiga chopib ketishga tayyorligini sezmasdi...

 

Ulug‘bek HAMDAM

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 71
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 127
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 389
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 621
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 581
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233973
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113319
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67771
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56677
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51082
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39447
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39285
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38887
“Avesto”

//