Mehnatkash Tolstoy, qahvaxo‘r Balzak, madaniyatsiz Eynshteyn – dunyoga mashhur insonlarning hayot tarzi


Saqlash
21:07 / 06.07.2022 1 1811

 

Buyuk ixtirolari, ijodiy ishlari bilan dunyoga tanilgan daholar o‘zlarining g‘alati xulq-atvori bilan ham boshqa birovlardan ajralib turgan. Quyida ulardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

 

 

 

Napoleon BONAPART

 

Fransiya imperatori, general Napoleon Bonapart haddan tashqari ko‘p vanna qabul qilgan. Hatto harbiy yurishlarga chiqqanida ham o‘zi bilan vanna olib yurar, yuvinayotgan payti xatlar yozar, qabuliga kelganlar bilan suhbatlashar va buyruqlar chiqarardi. Napoleonning ovqatlanishi ham boshqa birovlarnikiga o‘xshamasdi. U hamisha dasturxonda yolg‘iz o‘tirar, hamma ovqatni birdaniga olib keltirar va tanlab o‘tirmasdan, shoshib tanovul qilardi.

 

 

Lyudvig van BETXOVEN

 

Betxoven hamisha soqolini  o‘stirib yurgan. Ta’kidlashicha, bu unga ijod qilish va go‘zal asarlar yozishda yordam berardi. Bastakor ijod qilishni boshlashdan avval boshidan bir chelak sovuq suv quyar, bu ish miya faoliyatini faollashtirishga ko‘mak beradi, deb hisoblardi.

 

 

 

Aleksandr PUSHKIN

 

Mashhur rus shoiri Pushkin o‘zining betakror she’rlarini yaratish vaqtida maxsus tayyorlangan limonad ichishni xush ko‘rgan. Xizmatchisining so‘zlariga ko‘ra, shoir kechasi ishlashga kirishganida, albatta, ichimlikni oldindan tayyorlattirib qo‘yardi. Shuningdek, Xudoga chin dildan ishongan shoir o‘zining kelajagi, jumladan, duelda o‘lishi haqida bashorat qilgan.

 

 

 

Lev TOLSTOY

 

Ulug‘ rus yozuvchisi Lev Tolstoy boy-badavlat va aslzoda  bo‘lsa-da eng og‘ir dala  ishlarini bajarishdan qochmas, aksincha, lazzat olardi. Yer haydash, o‘t o‘rish, o‘tin maydalash uning sevimli mashg‘ulotlaridan edi. Agar u bir kun harakat qilmasa, o‘zini yomon his qilar va uyqusizlikdan azob chekardi.

 

 

 

Viktor GYUGO

 

Buyuk fransuz yozuvchisi Gyugo ish stoliga o‘tirishdan oldin kiyimlarini yechib xizmatkoriga bergan, bundan muddao toki ishini tugatmaguncha ko‘chaga chiqolmasin.

 

 

Onore de BALZAK

 

Ko‘pchilikka tanish fransuz yozuvchisi Balzak kun davomida ichgan qahvasi hisobiga 48 soat uzluksiz ishlagan. Aynan shuning uchun ham yozuvchining qo‘lyozmalarida ko‘plab qahva dog‘lari topilgan. Shifokorlarning fikricha, Balzakning o‘limiga ko‘p miqdorda kofe iste’mol qilishi sababchi bo‘lgan.

 

 

 

Fridrix SHILLER

 

Ulug‘ nemis shoiri va faylasufi Fridrix Shillerning ijod qilayotganida stolida hamisha chirigan olma turgan. U chirigan olma hididan ilhomlanib, ijodiy kayfiyatga tushishi haqida bir necha marta  qiziquvchilarga bildirgan.

 

 

 

Nikola TESLA

 

Bo‘ydoqlikda umrguzaronlik qilgan serb olimi,  fizik Nikola Tesla mikroblardan qattiq qo‘rqqani tufayli kun davomida  juda ko‘p marotaba qo‘lini yuvgan. Mehmonxonalarda unga 20-30 dona sochiq berilgan. Agar kechki ovqat payti stol ustiga pashsha qo‘nsa, Tesla ofitsiantlardan ovqatni zudlik bilan almashtirishni so‘rardi. Tesla har doim yurganida qadamlarini, ovqatlanayotganda esa necha marta chaynayotganini sanagan. U agar buni uddalay olmasa, yurish yoki ovqatlanishdan zavqlana olmas edi.

 

 

 

Albert EYNSHTEYN

 

Mashhur olim Albert Eynshteyn hech qachon paypoq kiymagan. Bu haqida u xotiniga yozgan maktublaridan birida shunday degan: “Men hatto eng dabdabali marosimlarga ham paypoqsiz boraman. Bu ishim orqali ilg‘or sivilizasiyaga qarshi “madaniyatsizligim”ni bildirib, buni etiklarim ichiga yashiraman...”

 

 

Rahmat Bobojon tarjimasi

1 Izoh

Nodirbek Yuldoshev

12:01 / 01.01.1970

Shunga o'xshagan qiziqarli ma'lumotlardan doimiy berib boringlar. Mashhur kishilarning g'ayritabiiy odatlari haqida o'qish va bilish ko'pchilik uchun qiziqarli bo'lsa kerak.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

18:12 / 04.12.2024 0 628
Buninni jiddiy raqib deb bo‘ladimi?

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 151
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 356
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219454
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104792
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 36093
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 28235
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 27834
Xarakter

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27759
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25733
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 23297
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//