Kuz jumasi


Saqlash
12:09 / 18.09.2021 0 1246

O‘zbek adabiyoti Rauf Parfini, Matnazar Abdulhakimni, Abduvali Qutbiddinni yo‘qotgan monand bugun - iliq kuz jumasida OLIM OTAXONni ham yo‘qotdi. Toshkentning Ibn Sino mavzesidagi buyuk yozuvchi va tarjimonning bo‘shab qolgan uyidan qaytar ekanman, bo‘g‘zimga dum-dumaloq yig‘i tiqilib qolgan edi. Bu yig‘i uzilmaydigan qilib tikilgan tugmadek ko‘ksimga qadalib turibdi.

70-yillar avlodiga mansub ba’zi ijodkorlar o‘z avlodlari bilan ahyon-ahyonda maqtanib qolishadi. Aslida bu maqtanish emas g‘ururdir, faxrdir, yana bilmasam. Ularning maqtansa arzigulik Rauf Parfisi, Murod Muhammad Do‘sti, Olim Otaxonlariyu va boshqa gigantlari, aysberglari bor edi. Ularning asosiy qismi katta ijodkor bo‘lish bilan birga Adabiyotning katta bilimdonlari edi. Bugungi adabiyotimizning taqdiri esa bir gala qulog‘iga naushnik taqqan so‘zamollarga qoldi. Uchar bo‘lsangiz, adabiy shantajni qoyillatsangiz, bo‘g‘zingizni yirtib she’r o‘qiy olsangiz, tarmoqlarda ko‘p like yig‘sangiz marra sizniki! Siz Shoirsiz, Yozuvchisiz!

Bugungi avlod Olim Otaxonni biladimi? Uning “To‘rtinchi qavatdagi sarg‘ish deraza”, “Qismat”, “Odamlar izlayotgan Mustafo” hikoyalariyu, Kortasar, Kavabata, Borxes va boshqa jahon klassiklaridan qilingan tarjimalarini-chi? Olim Otaxon hayotining so‘nggi pallalarida “chet”ga chiqib qolgan ijodkor edimi? Uning faqat grantga yo‘naltirilgan universitetida o‘qishga qay birimiz erisha oldik? O‘zbekning intellektual, tafakkur adabiyotiga bosilgan murakkablik tamg‘asi inkubasiyalashayotgan adabiyotchilar uchun tekin pattami? Xullas, Olim Otaxon bu olamni tark etdi. U butun boshli umrini bag‘ishlagan adabiyot esa qoldi: javonlarda, yuraklarda, nashriyotlarda... Uni o‘qiydigan xos o‘quvchilar esa o‘lmagan, qulog‘idagi tiqinni bir kun uloqtiradilar, yoki qoni tozalangan avlod maydonga kelajak.

Ha, yozuvchi juma tongida umr bo‘yi o‘ziga hamfikr, hammaslak, ijodiy ishlarida eng yaqin ko‘makdoshi bo‘lgan go‘zal ayoli bilan birga uyg‘onib, bu oqshom yotog‘ini alohida qildi. Yotar joyingiz yorug‘ bo‘lsin, o‘zbekning ulug‘ yozuvchisi! Siz marvarid monand tergan so‘zlar yuraklarimizda yarqirab turajak!

Go‘zal Begim

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 580
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 818
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231007
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111547
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63188
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 52539
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 47868
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36585
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33413
Kompetentlik

//