Tasalli


Saqlash
20:06 / 21.06.2022 0 1291

Uning shaharda uch yuz o‘rinli to‘yxonasi, bitta dorixonasi, yana poyabzal va oziq-ovqat do‘koni bor. Har kecha o‘ringa kirdi deguncha boshqa hamkasblari xayolidan bir-bir o‘ta boshlaydi-yu, oromi buziladi. “Eshmatning to‘yxonasi to‘rt yuz kishilik, Toshmatniki besh yuz... Pismadonchining dorixonasi ikkita, pistonchining super marketi bor...”

 

− E-e, har kuni to‘tiqushday bir xil gapni takrorlaganingiz-takrorlagan-a, tavba... – g‘udranadi xotini.

 

− Jim yot! Xalaqit berma! − po‘pisalaydi er.

 

Ayol “uf-f” deb karavotning chetrog‘iga surilib, narigi yonboshiga ag‘dariladi. Er shahardagi jamiki to‘yxona, oshxona, dorixona, marketlarni sanashda davom etadi, ularning kimlarga, qanday omadli, ishi yurishgan odamlarga tegishli ekanini o‘ylab, ijirg‘anadi, tishlarini g‘ijirlatadi. Uyqusi butkul qochib, ustidagi eroni yopinchiqni tepib yuboradi. Turib o‘tiradi, yotadi, ag‘dariladi, turadi... Saharga yaqin birdan yana allanimalar esiga tushib, oyoq-qo‘llarining tarang paylari biroz bo‘shashadi. “Alining to‘yxonasi ikki yuz sakson kishilik, Valining bittagina dorixonasi bor, marketi ham mini...”

 

Shundan keyingina yopinchiqni ustiga tortib, pinakka ketadi.

 

Qamchibek KENJA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 71
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 127
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 389
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 621
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 581
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233973
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113319
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67771
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56677
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51082
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39447
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39285
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38887
“Avesto”

//