Qadr


Saqlash
21:06 / 13.06.2022 0 1318

Yangi o‘quv yili boshlanganda o‘qituvchi o‘quvchilar qarshisida 100 dollarlik kupyurani ushlab turarkan: “Agar kim bu pulni olishni istasa, qo‘lini ko‘tarsin” dedi.

 

Xonadagi hamma o‘quvchining qo‘li yuqoriga ko‘tarildi, o‘qituvchi ularga: “Men bu pulni shu yerda kimgadir beraman, lekin birinchi navbatda, menga e’tibor bering” deb ta’kidladi.

 

U pulni qo‘lida obdan g‘ijimladi va yana so‘radi: “Buni hali ham xohlaysizmi?”. Qo‘llar yana yuqoriga ko‘tarildi. Keyin o‘qituvchi pulni polga tashladi, uni oyog‘i ostida rosa toptagach, qaytib qo‘liga oldi. “Hozir-chi?” deb so‘radi u yana. Qo‘llar hamon yuqorida turardi.

 

“Hurmatli o‘quvchilar, umid qilamanki, sabog‘imni tushundingiz. Bu pulga nima qilganim muhim emas, siz baribir uni olishni xohlaysiz. Chunki  uni ming g‘ijimlab, toptaganim bilan u 100 dollarlik qiymatini yo‘qotmaydi”.

 

U yana gapida davom etdi: “Siz bilan ham shunday. Sizning hayotingizda ham yiqilish, ko‘tarilish va shunga o‘xshash vaziyatlar bo‘ladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, siz  ham o‘z qadringizni yo‘qotmang”.

 

 

Ingliz tilidan Behruz XURRAM tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58511
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41522
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40139
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//