Jakondani vataniga qaytarishni istagan, yuragi shu suratni o‘g‘irlashni buyurgan – tarixdagi eng shov-shuvli o‘g‘irliklar


Saqlash
19:06 / 10.06.2022 0 1902

Bir necha asrlar oldin mashhur rassomlar tomonidan oddiy bo‘yoq bilan matoga chizilgan suratlar bugungi kelib millionlab dollar narxga baholanadi. San’at asarlari kolleksionerlari bunday kartinalar uchun pulini ayashmaydi. Auksionlarda ularning narxi osmonlab ketadi, shunday bo‘lsa-da egasini topadi. Bundan foydalanib qoladigan ayrim ustomon o‘g‘rilar esa san’at asarlarini talon-taroj qilib, boylarga pullashadi. Garchi qaroqchilar ularni farqiga borishmasa-da, lekin qancha ishlab olish mumkinligini taxmin qilishadi. Quyida beshta mashhur kartinaning o‘g‘irlanish tarixi bilan tanishasiz.

 

 

“Mona Liza”, Leonardo da Vinchi

 

 

Dunyodagi eng mashhur suratni 1911-yilda o‘g‘irlashlari katta shov-shuvga aylangan. Atoqli rassom Leonardo da Vinchining ushbu kartinasini italyan rassomi Vinchenso Peruda Luvr muzeyidan o‘g‘irlab olib chiqib ketgan. Erkak dunyoga dong‘i ketgan muzey ichiga kirib berkinib olgan, ish vaqti tugab muzey yopilganidan so‘ng esa signalizatsiyani o‘chirishga erishgan, keyin kartinani qo‘ltiqlab bu yerdan juftakni rostlagan. O‘g‘irlikda ko‘pchilikdan shubha qilishgan, hatto Pablo Pikassodan ham, lekin aybdor uning hamkasbi, oddiy rassom Peruda edi. U suratni o‘z uyiga yashirgan, ikki yildan so‘nggina jinoyati fosh bo‘lgan. Vinchenso o‘z aybiga iqror bo‘larkan, bu go‘zal asarga azbaroyi maftunligidan o‘g‘irlashga majbur bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, afsonaviy Jakondani o‘z yurti Italiyaga qaytarishni istagan, “qaroqchi fransuzlar”da qolib ketishini istamagan. Qizig‘i, bunday shov-shuvli o‘g‘irlik uchun jinoyatchiga qisqa qamoq jazosi tayinlanib, so‘ng ozod etishgan.

  

 

 

Remrandning “Galiley dengizidagi to‘fon” va Yana Vermeerning “Konsert” suratlari

 

1990-yilda Bostonlik o‘g‘rilar qo‘riqchi xodimlar kiyimida Izabella Styuart Gardner muzeyiga kirib borishdi. Ular tungi navbatchilarni qo‘lga olishdi, arqon bilan bog‘lab qo‘yishdi. Soxta qo‘riqchilar muzeydan ko‘plab qimmatli eskponatlarni o‘g‘irlab ketishadi. O‘g‘irlangan nodir san’at durdonalari orasida Rembrant, Vermeer kabi rassomlarning asarlari bor edi, ular millionlab dollarga baholanardi. Afsuski, o‘g‘rilarning o‘zini ham, izini ham topisholmadi. Bu san’at tarixidagi eng katta yo‘qotish bo‘ldi. Suratlar haligacha qayerda ekani noma’lum.

 

 

 

“Qichqiriq”, Edvard Munk

 

Munk o‘zining mistik surati bo‘lmish “Qichqiriq” asarini to‘rt variantini chizgan. Bu nomdor surat o‘g‘rilarning e’tiborini tortib qoldi. 1994-yilda Norgeviyadagi milliy galereyadan suratlardan biri o‘g‘irlab ketildi. O‘n yil o‘tib esa o‘sha yerdan ikkinchi varianti ham tunaldi. 2004-yilda o‘g‘rilar galereyaga qurollanib kirdi va keyingi suratni ham talon-taroj qilishdi. Qizil osmon ostida qichqirayotgan qiyofasiz odam suratini ikki yil o‘tib topishdi. U biroz lat yegandi, qayta ta’mirlashdan so‘ng surat 2008-yilda joyiga qaytarildi.  

 

 

 

“Ay Petri. Qrim”, Arxipa Kuinji

 

Eng kulguli o‘g‘irliklardan biri Tretyakovskiy galereyasida sodir bo‘ldi. Bu yerga kelgan sayohatchilardan biri Feodasi Denis Chuprikov “Ay Petri. Qrim” suratini uzoq tomosha qilib turdi. So‘ng birdan uni devordan chiqarib oldi va binodan bamaylixotir chiqib ketdi. Atrofdagi odamlar bunga hayron bo‘lishmadi, o‘zini tabiiy tutgani uchun muzey xodimi deb o‘ylashdi. Omadli o‘g‘rini barmoq izlarini Zarachye ko‘prigidan topishdi, u shu atrofdagi uyda yasharkan, suratni ham uyiga yashirgan ekan. Jinoyatchi o‘z aybini shunday izohladi: surat unga ona vatanini eslatgan. Yuragi shu suratni olib ketishni buyuribdi. Ha, Chuprikovda yumor hissi yuqori edi, u o‘g‘irlik payti trans holatda bo‘lganini va hech nimani eslolmasligini aytdi. Lekin kuzatuv kameralarida uning o‘g‘riligi aks etgandi.

 

 

“Urchug‘li Madonna”, Leonardo da Vinchi 

 

2003-yilning yoz faslida o‘g‘rilar donishmand rassomning besh yuz yil avval chizgan suratini boshqasiga almashtirib ketishgan. Firibgarlar shotland saroyidagi Dramlanrig muzeyiga oddiy sayyohlar kabi kirib kelishgan. Ekskursovod ayolga tahdid qilib, kartinani o‘marishgan va mashinada g‘oyib bo‘lishgan. Surat oradan to‘rt yil o‘tib topildi, to‘rt kishi esa o‘g‘irlikda ayblandi.

 

 

Nodira Ibrohimova tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 46
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 227
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35345
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27551
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26660
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25376
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22637
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//