Haqiqat


Saqlash
22:06 / 07.06.2022 0 1218

 

Orzusidagi uyiga ko‘chib kelgan rassom ayol o‘g‘lini mahkam bag‘riga quchib oldi.

 

– Bir umr devorlari oppoq, pokiza uyni orzu qilardim. Qara, niyatimga erishdim, bolam, – dedi ko‘zda yosh bilan. Tezda o‘zini qo‘lga olib rasmlar ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rish niyatida ishxonasiga yo‘l oldi.

 

Ayol hamma tayyorgarlikni joyiga qo‘yib uyga qaytib keldi. Bolasi qop-qora qo‘llari bilan eshikni ochganini ko‘rib yuragi uvishib ketdi. Rassom yugurgancha uyga kirdi. Devorning pastki qismlariga qop-qora kraska bilan turli shakllar chizilgan edi. Ayol ichidagi vajohatni bosa olmay mitti go‘dagiga tarsaki tushirdi. Bolaning chinqirig‘i ochiq turgan eshikdan ko‘chaga ham eshitildi. Oradan biron daqiqa o‘tdi. Bola ham, ona ham iztirobli, alamli yig‘i qurshovida edi. Shu payt eshik taqilladi. Ayol boshini ko‘tardi. Ostonada turgan odam – qo‘shni ekan.

 

– Yig‘i-sig‘i ovozidan qo‘rqib yugurib chiqdim. Tinchlikmi? – dedi. Ayol indamadi. Biroq erkak devordagi shakllar, bolaning qo‘lidagi rang va uyning bir burchagida taxlanib turgan kartinalarni ko‘rib kulib yubordi.

 

– Bolangiz ham sizga o‘xshagan rassom bo‘lishni istar ekan-da. Shuni anglamaganingizni qarang, – dedi.

 

Ayol o‘tirgan joyida butun vujudi muzladi. Faqatgina bolasini urgan qo‘llari olovda turgandek lov-lov yonardi...

 

Dilbar ARALOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 60
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 85
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 380
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 615
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 567
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233957
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113308
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67748
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56643
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51041
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39441
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39263
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38843
“Avesto”

//