Mashhur yozuvchi va shoirlarning kambag‘allikda kechgan hayoti haqida bilasizmi?


Saqlash
21:06 / 06.06.2022 0 1768

Jahon adabiyotining durdonalarini yaratgan, asarlari nafaqat o‘z davri, balki barcha zamonlarda ham katta munozara va qiziqishlarga sabab bo‘lgan, adabiyot va so‘z olamining zargarlari sanalgan ayrim ijodkorlarning umri qashshoqlikda o‘tgani yoxud hech vaqosi qolmay vafot etgani achchiq haqiqat.

 

 

O‘zini qashshoqlik bag‘riga tashlagan Tolstoy

 

Yozuvchi tanlagan qashshoq hayot aslida uning o‘z istagi edi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Lev Nikolayevich Tolstoy badavlat oilaning farzandi bo‘lishiga qaramay o‘qishni tamomlagach kambag‘al qishloq aholisi safiga qo‘shiladi. Chunki rus qishloqlarining nochor, umidsiz, ayanchli ahvoli uni tashvishga solardi.

 

Yozuvchi oilasidan meros qolgan barcha yerlarni nochorlarga taqsimlab beradi, qimmatbaho buyumlarini sotib pulini muhtojlarga hadya qiladi. Hatto asarlari uchun topshirilgan mukofotdan ham bosh tortib, oddiy qishloq odami bo‘lib yashashni tanlaydi.

 

“Anna Karenina”, “Urush va tinchlik” kabi bir qator buyuk asarlar muallifi bor bisotini  tarqatib bo‘lgach, kambag‘allik domiga tushib qoladi, o‘zi kiyim-kechak, poyabzal tikadi. Shu barobarida yozadi, uy yumushlarini ham o‘zi bajaradi. Biroq ijodkorning asl qashshoqligi sababi muvaffaqiyatsiz nikohida edi...

 

Uyini ham muhtojlarga sovg‘a qilib, darbadarlikka otlangan va Ostapovo stansiyasida olamdan o‘tgan adibdan  barcha davrlarning eng mashhur asarlari qoldi.

 

 

“Xudoyim, bechora ruhimga madad ber!”

 

O‘ziga xos she’rlari hamda g‘aroyib hikoyalari bilan Amerika adabiyotining mashhur yozariga aylangan Edgar Allan Po o‘ta qimorboz va piyonista sifatida ham tanilgan edi.

 

O‘z asarlarini bir burda non va bir tovoq ovqatga almashgan Po o‘n yil davomida yozgan “Ligeya” romanini ham bor-yo‘g‘i 10 dollarga pullaydi. Jami 3 dollarlik ijara haqini ham to‘lay olmagan yozuvchining hayoti achinarli ekani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasa kerak. Yozuvchi hatto ochlik va sil kasalligidan vafot etgan rafiqasi Virjiniyani dafn etishga ham pul topa olmaydi.

 

Qo‘shnilari keltirgan ovqatlar bilan jon saqlayotgan Po to‘rt kunlik xastalikdan so‘ng 40 yoshida dunyodan ko‘z yumadi. Yozuvchidan bizga betakror asarlar va quyidagicha so‘nggi so‘z qolgan: “Xudoyim, bechora ruhimga madad ber!”

 

O‘limidan so‘ng uning bor-yo‘g‘i 8 sahifalik qo‘lyozmasi 10 ming dollarga sotiladi.

 

 

Qashshoqlikda yakun topgan umr...

 

Butun dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan tarixiy romanlar muallifi hisoblangan Aleksandr Dyumaning 200 ming sahifalik roman, drama hamda tarixiy kitoblarining umumiy qiymati 5 million dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichga u bilan bir davrda yashagan birorta ijodkor erisha olmagan.

 

Biroq yozuvchining yaxshi hayot tarziga bo‘lgan qiziqishi achinarli yakunga olib keladi. Umrining so‘nggi yillarini qashshoqlikda o‘tkazgan Dyuma o‘z tarjimai holida uni ochlikdan o‘lishga yo‘l qo‘ymagan hamda qarzlarini to‘lagan yaqinlariga minnatdorlik bildiradi.

 

 

U butun umrini qarzdorlikda yashagan...

 

“Tom Soyerning sarguzashtlari” va “Geklberri Finnning sarguzashtlari” nomli mashhur bolalar romanlari muallifi Mark Tven  Amerikaning eng mashhur yozuvchilaridan biri hisoblanadi.

 

Hayoti davomida pul topish ilinjida turli ishlarga sarmoya kiritgan Mark Tven hamisha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Jumladan, 1885 yilda tashkil etilgan nashriyoti bankrot bo‘ladi, 58 yoshida bo‘ynigacha qarzga botadi.

 

5 yil davomida kitob yozib, Avstraliyadan Hindistongacha, Janubiy Afrikadan Angliyagacha bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda anjumanlar o‘tkazib, qarzlarini to‘laydi.

 

Rafiqasi Oliviya kambag‘allika chidolmaydi, sog‘lig‘i yomonlashadi va Florensiyada vafot etadi. Yozuvchi esa olti yildan keyin 75 yoshida dunyodan o‘tgan.

 

 

Qamoqxonadagi ayanchli o‘lim...

 

 

Oskar Uayld sud jarayonida axloqsizlikda ayblanishi tufayli butun hayoti barbod bo‘ladi. Ichkilikka berilgan yozuvchining kasalligi og‘irlashadi, qamoqda o‘tgan kunlar esa dard ustiga chipqon bo‘ladi.

 

Chidab bo‘lmas azoblar iskanjasida qolgan Oskar Uayld 1890 yil 30 noyabrda vafot etadi. Yillar o‘tib hoki Fransiyadagi mashhur Per-Lashes qabristoniga ko‘chiriladi.

 

 

Cho‘ntagida 28 tiyin chaqa bilan ko‘z yumadi

 

Mashhur turk shoiri O‘rxon Veli o‘z hayotini qisqacha sharhlaydi: “Men 1914-yilda tug‘ildim. 1 yoshimda qurbaqadan qo‘rqdim. 9 yoshimda kitob o‘qishga, 10 yoshimda esa yozishga qiziqib qoldim. 13 yoshimda O‘qtoy Rifatni, 14 yoshimda esa Malik Jovitni tanidim. 17 yoshimda qovoqxonaga yo‘l oldim. 19 yoshimda esa darbadarlikda  hayot kechira boshladim. 20 yoshdan keyin esa pul topish va qashshoqlikda yashashni o‘rgandim. 25 yoshimda avtohalokatga uchradim. Sevib qoldim. Biroq uylanmadim. Hozir esa askarman...”

 

Shoir ovqatlanayotganda birdan polga yiqiladi, miyasiga qon quyilishi oqibatida jon beradi... U o‘sha kunlarda ichkilikbozlikdan davolanayotgandi.

 

O‘sha kechadayoq jon bergan shoir bor-yo‘g‘i 36 yoshda edi. Dunyo bilan vidolasharkan yuragida sevgan ayoli, cho‘ntagida esa 28 tiyin chaqasi bor edi, xolos...

 

 

Rahmat Bobojon tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1251
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 234
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 252
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 209
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223146
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106742
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48716
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36945
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35338
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29614
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28526
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28415
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//