Dunyoning eng muhtasham besh kutubxonasi


Saqlash
21:05 / 31.05.2022 0 5496

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kutubxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Quyida e’tiboringizga eng mashhur va ma’naviy xazinaga boy kutubxonalar beshligini taqdim etamiz.

 

Triniti kolleji kutubxonasi

 

 

Mazkur kutubxona Irlandiyaning Dublin shahrida joylashgan bo‘lib, 1592-yil qirolicha Elizaveta tomonidan ta’sis etilgan. Hozirda kutubxonada 7 millionga yaqin bosma kitob mavjud.

 

Lafayet kollejining Kerbi kutubxonasi

 

 

U 1930-yilda Pensilvaniya shtatida tashkil etilgan va 1990-yillar oxirlarida qayta ta’mirlangan. Kutubxonada 30 ming jild kitob saqlanadi.

 

Kongress kutubxonasi

 

 

Vashingtondagi ushbu kutubxona 1800-yili AQSH kongressi tomonidan Tomas Jefferson (AQSH prezidenti)ga bag‘ishlab qurilgan. Dunyodagi eng katta kutubxona bo‘lib, unda 450 dan ortiq tillar bo‘yicha 90 mlnga yaqin bosma kitob saqlanadi.

 

Minskdagi Belorussiya milliy kutubxonasi

 

 

1922-yili Rus hukumati tomonidan barpo etilgan. O‘sha davrda kutubxonada 60 ming dona kitob bo‘lgan. Hozirda esa 9,8 mln bosma kitob saqlanadi.

 

Avliyo Gol kutubxonasi

 

 

Shvetsariyaning Sent Gallen shahrida joylashgan. Dastlab bu kutubxona 612-yili rohib Gallus tomonidan ibodatxona sifatida qurilgan. Keyinchalik 780-yili Valdo tomonidan Avliyo Gol kutubxonasiga aylantirilgan. Kutubxona o‘z ichiga 160 ming kitobni qamrab olgan.

 

Abdurasul TOG`AYEV,

O‘ZDJTU Media va kommunikasiya fakulteti talabasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 71
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 126
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 389
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 621
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 581
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233972
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113319
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67771
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56676
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51082
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39447
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39285
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38886
“Avesto”

//