Insoniylik metodikasi


Saqlash
18:05 / 30.05.2022 0 1288

 

Sinfdoshlar uchrashuvida bir erkak o‘qituvchisidan so‘radi:

 

– Meni tanidingizmi?

 

– Yo‘q, – deb javob berdi muallim.

 

– Nahotki?!Bolaligimda sinfdoshimning soatini o‘g‘irlagan edim. Soat topilmagunicha hammamizni tintuv qilishingizni aytgan edingiz. Uyat va qo‘rquvdan nima qilishni bilmay qolgan edim. Hamma meni o‘g‘ri deb chaqirishi ko‘z oldimga keldi. Lekin barchaga devorga qarab, ko‘zimizni yumishimizni aytdingiz. Cho‘ntagimizni birma-bir tekshirishni boshladingiz. Menga navbat kelganida, soatni oldingiz... lekin hammani tekshirib, tintuvni oxirigacha yetkazib qo‘ydingiz. Soatni egasiga qaytarib berdingiz va hech qachon bu voqea haqida so‘z ochmagan edingiz. Nahotki, shu ishni qilgan odam yodingizda yo‘q?!

 

– Yo‘q, – dedi o‘qituvchi. – O‘sha kuni tintuv paytida men ham ko‘zlarimni yumib olgan edim...

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41522
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//