Marhumning uch o‘g‘li oliy ma’lumotli edi


Saqlash
22:05 / 25.05.2022 0 1323

Qirq yil maktabda direktorlik qilgan fidoyi muallim haqida maqola yozgan edim. Oradan ancha fursat o‘tib, uning vafot etganini eshitib, ta’ziya bildirish uchun uyiga bordim.

 

Hol-ahvol so‘rashib bo‘lgach, muallimning o‘g‘li dedi:

 

– Otam haqida maqola chiqarmoqchi edingiz, yozdingizmi? Otam bechora o‘shani ko‘p kutdi-da...

 

Men hayron bo‘ldim. Axir maqola bir hafta o‘tib tuman gazetasida bosilgan edi.

 

– Biz ko‘rmabmiz…

 

O‘rtaga noqulay jimlik cho‘kdi. Shu payt deraza raxida turgan, gultuvak tagiga tushalgan gazetaga ko‘zim tushdi. Sinchiklab qaradim, o‘sha gazeta!

 

– Ana! – dedim beixtiyor.

 

O‘g‘il o‘rnidan turib, gazetani oldi va maqolani ko‘rdi, so‘ngra joyiga o‘tirib qoldi, yuzlari qizardi, ko‘zlaridan yosh oqdi.

 

– Otam bechora buni qanchalar kutgan edi-ya...

 

Holbuki, marhumning uch o‘g‘li va kelini oliy ma’lumotli, o‘qimishli edi...

 

O‘rolboy QOBIL

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 48
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 26
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 373
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 609
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 559
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233948
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113298
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67713
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51011
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39433
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39245
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38794
“Avesto”

//