Nobel mukofotining paydo bo‘lishiga oddiy gazeta muxbirining xatosi turtki bo‘lganini bilasizmi?


Saqlash
21:05 / 24.05.2022 0 1314

Shvetsiyalik mashhur olim Alfred Nobel 55 yoshga to‘lganida Kann shahrida istiqomat qilayotgan akasi Lyudvig vafot etadi. Shvesiyalik gazeta muxbirlaridan biri yanglishib, “Alfred Nobel vafot etdi”, deb gazetada e’lon berib yuboradi.

 

O‘zi xaqidagi ta’ziyanomani o‘qigan Alfred Nobel butun hayoti va faoliyatining mohiyatini tushunib yetgan ekan. Chunki Shvesiya gazetalarida  “Ajal savdogari, ajal ixtirochisi vafot etdi” deb yozilgandi.

 

Bu narsa olimga qattiq ta’sir qiladi. “Ha, mana jamiyat men haqimda qanday fikrda” deb xulosa qiladi olim. Aslida, Nobelning dinamitdan tashqari yana 355 ta kashfiyoti ham bor edi, ammo aynan dinamit ixtirosidan u juda katta foyda ko‘rgandi. Uning vafot etgan akasi Lyudvig esa snaryad ishlab chiqaradigan va uni sotadigan savdogar edi.

 

Nobel o‘zi haqidagi jamiyatning fikrini butunlay o‘zgartirishga qaror qiladi va vasiyatnomasini qaytadan yozdiradi. 1895 yil Parijdagi Shved-Norveg klubida tuzilgan bu vasiyat xatida Alfred Nobel o‘ziga tegishli 31 mln Shvesiya markasini kelajakda fan va adabiyot namoyondalariga qoldirilgan vasiyatnoma quyidagicha yoziladi:

 

– Men Alfred Bernxard Nobel aql-xushim joyida, tanam sog‘lom holda vasiyat qilaman: Mening vasiyatimni bajaruvchi vakillarim o‘limimdan so‘ng menga tegishli barcha boyliklarimni qimmatbaho qog‘oz pullariga aylantirib, fond tuzishlariga buyuraman. Ushbu fonddan keladigan foiz foydasini ilm-fanda, adabiyotda, insoniyatga foyda keltiruvchi shaxslarga har yili mukofot tarzida berilishini shart qilib belgilayman. Ushbu mukofot fondidan keladigan foiz foydasini besh qismga ajratib, beshta mukofot ta’sis qilinishini buyuraman.

 

1. Fizika yo‘nalishidagi olamshumul kashfiyotga;

2. Kimyo fani yo‘nalishidagi olamshumul kashfiyotga;

3. Fiziologiya va medisina yo‘nalishidagi olamshumul kashfiyotga;

4. Bashariyat ideallarini tarannum qiluvchi badiiy asar muallifiga, ya’ni adabiyot yo‘nalishiga;

5. Xalqlarning tinchligi yo‘lida, ularning birlashishi yo‘lida kurashadigan, qullikni bartaraf etadigan, armiyalar sonini qisqartiradigan, urushlarning oldini oladigan, tinchlik sulhlarini tuzadigan insonlarga.

 

Nobelning juda ko‘p qarindoshlari sud orqali o‘z ajdodlarining vasiyatini qayta ko‘rib chiqishga harakat qilganlar, ammo barchasi sudda yutqazganlar. Chunki Nobel butun boyligini qarindoshlariga emas, bashariyatga bag‘ishlagandi. Dunyodagi eng e’tirofli mukofot ana shunday paydo bo‘lgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1251
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 234
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 252
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 209
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223146
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106742
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48716
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36945
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35338
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29614
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28526
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28415
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//