Buni el deydilar


Saqlash
16:05 / 10.05.2022 0 1235

Qabr ustiga so‘nggi chim bosildi. Mulla fotiha o‘qishni boshladi. Qabristonga cho‘kkan miskin sukunatni oyat ohanglarigina buzardi. Duo qilinib, hamma o‘rnidan turib tarqalayotgan paytda Sherqul bobo marhumning o‘g‘lini to‘xtatdi:

 

– O‘g‘lim, otang mening bolalik do‘stim edi. Taqdirni qara, unga shaharda yashash nasib etdi. Ahyon-ahyonda bozorda uchrashib qolardik. Rahmatli ro‘zg‘or tashvishlari bilan andarmon bo‘lib tug‘ilgan qishlog‘ini unutdi. Hatto keksayganda ham bir kelmadi. Elning to‘yiga, ma’rakasiga bosh qo‘shmadi. Lekin, bolam, el kechirimli, elning bag‘ri keng. Qara, otangning ta’ziyasida qancha odam qatnashdi. Ayt, qaysi birini taniysan?

 

Ne’matjon “tanimayman” degan ma’noda bosh irg‘adi.

 

– Ha, barakalla, tanimaysan, ammo bu sening emas, otangning aybi. O‘g‘liga urug‘-aymog‘i, xeli-xeshi haqida so‘zlamagan. Ko‘rding, tobutni qancha odam ko‘tardi, yelkadosh, g‘amdosh bo‘ldi. Buni el deydi, bolam!

 

Ne’matjon Sherqul boboning so‘zlarini diqqat bilan tinglab, o‘ziga xulosa chiqardi.

 

– Ha, buni el deydilar...

 

O‘rolboy QOBIL,

 

Qamashi tumanidagi 95-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68949
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58515
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40144
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//