Biz Toshkentdanmiz


Saqlash
21:05 / 07.05.2022 0 1259

Polshadagi Visla daryosi boʼyida artilleriya otishmasi boʼlib oʼtdi. Shunda biz oʼtirgan mashina qurol-yarogʼi bilan daryoga gʼarq boʼldi. Mashina ichidan chiqib, qirgʼoq tomonga suza boshladim. Biznikilar qaerda, dushman qaysi tomonda ekanini bilish juda qiyin edi.

 

Oʼz qismimga yetib borgunimcha shtabdan «Qahramonlarcha halok boʼldi», degan qora xat Toshkentga joʼnatilgan ekan. Shoʼrlik onam judolikka chidolmasdan, achchiq ustida urush maydoniga oʼz ixtiyorlari bilan ketibdilar. Ular koʼprik qurilishi boʼyicha muhandis edilar... Men urushdan omon qaytdim. Onam esa Bolgariyada boʼlgan janglardan birida halok boʼldilar...

 

Oʼzbekistonlik jangchilar Berlingacha borishdi. Men Reyxstagga yetganimda, devor va kolonnalardagi «Biz Tuladan», «Biz Moskvadan» degan yozuv va imzolarni koʼrdim. Marmarli ustunlardan birida boshlangʼich sinf oʼqituvchilariga xos chiroyli yozuv bilan «Biz Toshkentdanmiz» qaydiga koʼzim tushdi. Uning tagida 7 ta familiya bor edi. Xotiram pand bermasa, yetti raqami ostida «Yusuf Sharipov (Buxorodan, oʼqituvchi)» deya yozilgandi.          8 raqamini qoʼyib, «Rita Belyaeva (Toshkentdan, radist)», deb yozib qoʼydim.

 

Urush yillari vatandoshlarimiz jangchilarga quruq mevalar, non, kiyim-bosh va boshqa frontga kerakli va zarur narsalarni joʼnatishardi. Biz ana shunday sovgʼalarni olib turardik. Bir safar yangi kiyim choʼntagidan qogʼoz chiqdi. Unda quyidagi yozuv bor edi: “Aziz dugonam, tezroq gʼalaba qozon! Vatanga qayt! Men senga chiroyli koʼylak tikib beraman». Bir qarashda bu balandparvoz gapdek koʼrinar, lekin, uning ortida senga ishonch bilan qarayotgan insonlar mehri, Vatanning tafti mujassamdek edi, mening nazarimda.

 

Margarita MERKULOVА, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 60
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 85
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 380
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 615
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 567
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233957
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113308
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67748
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56643
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51041
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39441
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39263
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38843
“Avesto”

//