Adiblar xiyoboniga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari haqida bilasizmi? (Fotojamlanma)


Saqlash
18:04 / 29.04.2022 0 3364

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda targʻib qilish maqsadida xiyobonda oʻrnatilgan haykallarning har biriga oliy taʼlim muassasalari biriktirilgan.

 

 

Quyida taʼlim muassasalari qaysi haykallarga biriktirilgani haqida bilib olishingiz mumkin:

 

 

 

 

Alisher Navoiy haykaliga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;

 

 

 

 

Zahiriddin Muhammad Bobur haykaliga Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;

 

 

 

 

Zokirjon Mullo Xolmuhammad oʻgʻli (Furqat) haykaliga Toshkent arxitektura-qurilish instituti;

 

 

 

 

Muhammad Rizo Ogahiy haykaliga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

 

 

 

 

 

 

Muhammad Aminxoʻja — Muqimiy haykaliga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

 

 

 

 

 

Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli (Berdaq) haykaliga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

 

 

 

 

 

Mahmudxoʻja Behbudiy haykaliga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi;

 

 

 

 

 

 

Abdulla Avloniy haykaliga Toshkent davlat pedagogika universiteti;

 

 

 

 

 

 

Abdulhamid Choʻlpon haykaliga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;

 

 

 

 

 

Abdulla Qodiriy haykaliga Toshkent davlat texnika universiteti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulom haykaliga Toshkent davlat yuridik universiteti;

 

 

 

 

 

Hamid Olimjon haykaliga Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova haykaliga Toshkent tibbiyot akademiyasi;

 

 

 

 

 

Musa Toshmuhammad oʻgʻli Oybek haykaliga Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti;

 

 

 

 

 

Maqsud Shayxzoda haykaliga Toshkent davlat transport universiteti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haykaliga Toshkent moliya instituti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va Saida Zunnunova haykaliga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Kaipbergenov haykaliga Toshkent davlat agrar universiteti;

 

 

 

 

Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykaliga Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haykaliga Oʻzbekiston Milliy universiteti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov haykaliga Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykaliga Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

 

 

 

 

 

Aleksandr Faynberg haykaliga Toshkent davlat jahon tillari universiteti;

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf haykaliga Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti biriktirilgan.

 

 

 

FOTO: Ahmad TOʻRA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 132
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 354
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 758
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231897
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112083
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64238
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53991
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48832
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38742
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37424
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35663
“Avesto”

//