Farosatsizlikning 10 alomati


Saqlash
16:04 / 05.04.2022 0 2022

Farosati sust odamni hayotda quyidagi holatlarga yo‘l qo‘yishiga ko‘ra aniqlash mumkin:

 

1.  O‘zini boshqalarning o‘rniga qo‘ya olmaydi. Biror ishni bajarishni rejalashtirsa, buning natijasiga boshqalar qanday qaragan bo‘lar edi, deb tasavvur qila olmaydi.

 

2. Biror bir ish qilayotgan bo‘lsa, buning boshqalarga qanday ta’sir etayotgani, yoqishi yoki yoqmasligini o‘ylay olmaydi.

 

3. Ehtiroslarga beriluvchan bo‘ladi, ayniqsa, jahli chiqqan, kayfiyati buzilgan holatlarda o‘zini tuta olmaydi.

 

4. Boshqalarni sabr qilib oxirigacha eshita olmaydi, o‘zini hamisha “to‘g‘ri qilyapman”, deb biladi.

 

5. Atrof-muhitda yuz berayotgan jarayonlar va holatlar mantig‘ini tez fahmlay olmaydi.

 

6. Jamoaviy bajarilayotgan ishlar paytida o‘z xatti-harakatlari boshqalarga xalal berayotganini anglamaydi.

 

7. Pokizalikka, tozalik, orastalikka e’tibor qilish masalasida did va saviyasi past bo‘ladi, bu borada umumiy qabul qilingan qoida va me’yorlarga rioya qila olmaydi.

 

8. Yurishi, turishi, o‘tirishida o‘zini besaranjom tutadi, ehtiyotkorligi zaif bo‘ladi. Bexosdan qo‘lidagi narsalarini tushirib qo‘yadi yoki to‘kib yuboradi.

 

9. Muloqot paytida masala hamma kutgan yechimga borayotgan bir paytda dabdurustdan muammoning hal etilishiga mantiqan zid keluvchi fakt yoxud fikrni o‘rtaga tashlaydi va o‘zi anglamasdan ham o‘ziga, ham jamoa zarariga ishlab qo‘yadi.

 

10. Majlis va suhbatlarda vaqt me’yorini saqlay olmaydi. So‘z berilganda umumiy qabul qilingan va belgilangan vaqt reglamentiga rioya qila bilmaydi, yig‘ilgan odamlarning majlis cho‘zilayotganidan noroziliklarini his eta olmaydi.

 

Mansur BEKMURODOV

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 180
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 279
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 498
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234367
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113556
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68106
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57149
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51541
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40051
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39588
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39472
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//