Ramazon dasturxoni uchun bahoriy taomlar


Saqlash
14:04 / 04.04.2022 0 5699

Bu yil Ramazon oyi bahorning o‘rtasiga to‘g‘ri kelmoqda. Abu Ali ibn Sino “Bahor - inson umrining eng yaxshi va eng shifobaxsh faslidir”, deb bejiz aytmagan. Chindan ham bahor faslida to‘yib iste’mol qilingan mahsulotlar yil davomida bizga kuch-quvvat, darmon bag‘ishlab turadi. Saharlik va iftorlik dasturxonimizda bahorgi taomlar – sumalak, halim, ko‘katli taomlarning ulushi qanday bo‘lishi lozim? Quyida shu haqida ma’lumot beramiz.

 

Sumalak ko‘klamning shifobaxsh an’anaviy taomi bo‘lib, u qonni tozalaydi, jismni tetiklashtirib, kuch-kuvvatni oshiradi. Nemis olimlari bug‘doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenshen tarkibida uchraydigan Ye vitaminining o‘zginasi ekanini isbotlashgan. Olimlar ta’kidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, me’da-ichak xastaliklariga yaxshi davo bo‘lib, kon tarkibini yaxshilab, me’da-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi. Saharlik dasturxonida sumalak bo‘lishi kun davomida insonni to‘q tutadi va kerakli vitaminlar bilan to‘yintiradi.

 

Halim tayyorlashda bug‘doy, go‘sht, o‘simlik moyi ishlatilgani sababli bu taom oqsilga juda boy. Oqsil esa inson organizmida “kurilish materiali” vazifasini bajaradi. U organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Xalq tabobatida halim tarkibidagi ekstraktiv moddalar me’da-ichak, markaziy asab tizimi, miya, yurak faoliyatini yaxshilashga yordam berishi isbotlangan. Bu taom ham albatta, saharlik dasturxoniga tavsiya etiladi. Iftorlikda halimni imkon qadar iste’mol qilmaslik lozim, sababi, u sekin hazm bo‘ladi.

 

Go‘ja oshi juda to‘yimli, insonga kuch-kuvvat bag‘ishlashda jenshen va sumalakdan keyingi o‘rinda turadi. Uni asosan bahor faslida quvvat bo‘lishi uchun iste’mol qilishadi. Azaldan xalq o‘rtasida yig‘ilgan ehson – ko‘y, mol go‘shtlari, bug‘doy, arpa, jo‘hori, no‘xat, loviya, mosh katta qozonlarda past olovda miltillatib pishiriladi. Suyuq taom sifatida iftorlik dasturxoniga tortish mumkin. 

 

Yanagi bahorgacha bir qancha kasalliklardan forig‘ bo‘lish, qonni tozalash va yuzni tiniqlashtirish uchun uzum tokining yangi chiqqan barglariga qiyma solib dimlab pishirish hamda saharlik yoki iftorlik dasturxoniga tortish mumkin. Bahorda og‘zi ko‘kka tekkan sigir, qo‘y, echki, biya, tuyalarning suti servitamin bo‘ladi. Ammo  saharlikda ko‘p sut ichish tavsiya qilinmaydi, u qorinni damlatishi mumkin. Sutdan yaxshisi, yormali bo‘tqa, shirguruch, quymoq tayyorlab saharlikda iste’mol qiling.

 

Bahoriy ko‘katlar tarkibida turli xil vitaminlar, oqsil, efir moylari, kislotalar, temir, rux, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy kabi elementlar va boshka biologik moddalar bor. Yalpiz, jag‘jag‘, ismaloq, otquloqdan tayyorlangan somsa, chuchvara, mantining saharlik taomnomasida bo‘lishi quvvatingizni oshiradi. Iftorlik dasturxoniga esa shivit, kashnich, rediska, ko‘kpiyoz solingan qatiq tavsiya etiladi. Gulkaram, bodring, pomidor qo‘shilgan salatlar ham foydali.

 

Bahorning foydali va mazali ne’matlari Ramazon oyi davomida dasturxoningizni bezab tursin. Har qanday taomni tanovul etishda me’yorni  hamisha yodda tuting. 

 

Nodirabegim tayyorladi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 152
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 277
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 164
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 134
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225905
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108369
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56018
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41357
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40693
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31976
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31038
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30723
Alpomish

//