Salom, o‘rtoq Boqibeg‘amov! – kulgi darg‘alaridan askiyalar


Saqlash
17:04 / 01.04.2022 0 10178

 

Oxunjon qiziq HUZURJONOV

 

Revizyorning ishi yo‘q

 

Ohunjon qiziqning tanishlaridan biri ko‘chada hol-ahvol so‘radi.

– Ohunjon aka, ishlaringiz qalay?

– E uka, qalay nimasi, oltin!

– Rostdan-a?

– Ha-da! Qiziqchilikning reviziyasi bo‘lmaganda keyin yomon bo‘larmidi?

 

Telefondagi hangoma

 

Jiring, jiring…

– Qayerdan?

– Kolxozdan.

– Kimsiz?.. Qo‘rqmasov? Ey, salom o‘rtoq Qo‘rqmasov! Ishlar qalay? Kishilarni joy bilan ta’minlash masalasi qanday boryapti?

– Yomon emas, kelgan kishilar joy-joyida – vokzalda, choyxonada, ko‘cha-ko‘yda…

– O‘zingiz qayerdasiz?

– Ta’minlash mahallasida, daraxtdagi parrandalar bilan birga yotibmiz.

Jiring, jiring!..

– Qayerdan?

– Bozorqo‘mdan!..

– Kimsiz?.. Boqibeg‘amov?.. Salom, o‘rtoq Boqibeg‘amov! Sbor yig‘ish  ishlari qanday?

– Juda chatoq, savdo-sotiqlar uy-uyda, ko‘cha-ko‘yda bo‘lib turgani uchun sborni kimdan olishimizni bilmay, yarimta doriga qovun urug‘ini zakuska qilib o‘tiribmiz.

Jiring, jiring!..

– Qayerdan?.. Raypishtorgning somsa do‘konidan?.. Kimsiz??? Beparvoyev?.. Salom, o‘rtoq Beparvoyev! Somsalarning sifati qalay?

– Chakki emas. Go‘shtlarni mudirimiz o‘g‘lining to‘yiga yuborgani sababli nuqul piyozning o‘zidan ajoyib va g‘aroyib somsa tayyorlashni kashf qilib o‘tiribmiz.

 

 

Saidahmad ASKIYA

 

Muhrga gap sig‘dirish

 

Kunlardan bir kuni Oqqo‘rg‘onga yangi saylangan qozi Annaqulibek muhr o‘ydirgani kelib, Isaxonga debdi:

– Muhrga qaynotamning otini o‘yasan, ismlari Xush Muborak, mening ismim esa Annaqulibek. Azro‘yi shariat Qur’ondan ikki surani ham shu muhrga qo‘shib o‘yasan! Muhrning kattaligi bir miri tangadek bo‘lsin!

– Iya, muhr sopol lagan emas-ku, – deb otasi hayron bo‘lib turganida Saidahmad yordamga kelibdi:

– Dadajon, sira tashvishlanmang, men bu kishi aytgan uzundan-uzun gapni muhrga sig‘dirish yo‘lini topdim.

– Qani ayt-chi, o‘g‘lim, buyurtmachining o‘zi ham eshitsin.

– U gap – ikki misra she’r:

“Qur’ondan ikki sura: “Yosin” bilan “Taborak”,

Qozi Annaqulibek, qaynota Xush Muborak!”

Bu she’r o‘yilgan muhr qoziga yoqib, ertasiga xursand bo‘lib, olib ketganmish.

 

 Muhiddin qiziq DARVISHEV

 

Tezlashtirish

 

Juda katta qurilish bo‘layotgan joyga komissiya kelibdi. Muhandis u yoqqa, ishboshi – prorab bu yoqqa halloslab choparmish. Yetti-sakkiz quruvchi esa quruq zambilg‘altakni shaldiratib, u yoqdan-bu yoqqa g‘ildiratarmish. Komissiya a’zolari hayron bo‘lishib, qurilish boshlig‘idan so‘rashibdi.

– Nima ish bo‘lyapti o‘zi?

– Qurilishda qayta qurishni jadallashtiryapmiz, – deb javob beribdi boshliq.

– Zambilg‘altaklarda yuk yo‘q-ku?!

– Ishlarni tezlashtirganimiz uchun yuklarni ortishga ham vaqt yetishmayapti-da!

 

 

Afandi va ig‘vogar

 

Bir odam ig‘vogarligi tufayli qishloqda otning qashqasidek bo‘lgan ekan. Ko‘chada ketayotgan Afandining ro‘barasidan o‘sha ig‘vogar chiqib qolibdi. Shunda Afandining eshagi ketma-ket hangrab yuboribdi. Haligi ig‘vogar Afandiga debdi:

– Bu qanaqasi, aytib qo‘ysangiz bo‘lmaydimi? Mening yonimda hangraydimi?

– Birodar, – debdi Afandi, – buning tiliga siz tushunmasangiz, men tushunmayman.

Shu payt eshak boshini qattiq silkib, haligi odamning basharasiga so‘lagini sachratibdi.

– Aytib qo‘ying, uning ustidan yozib, ta’zirini beraman!

– E-e, tushunarli, – debdi Afandi, – men emas o‘zingiz ayting, uning tiliga siz tushunarkansiz. Eshak har holda eshak-da!

 

Hojiboy QIZIQ

 

Gaplarimiz qiziq

 

Ko‘cha chekkasida tursam ro‘baramga “Jiguli” kelib to‘xtab, haydovchi oynani tushirib so‘radi:

– Birodar, bu yo‘l qayoqqa boradi?

– Hech qayoqqa bormaydi, – dedim.

– Namanganga boradimi?

– Qiziq ekansiz, yo‘l bormaydi, o‘zingiz borasiz!

 

Аския включена в Репрезентативный список ЮНЕСКО – Газета.uz

 

***

Saldan keyin bir tanishim kelib dedi:

– Oshna, samovarga chiqib, uch-to‘rt ulfat osh damlaylik!

– Yo tavba! Samovarga chiqib? Axir qaynab turgan samovarga chiqamizmi? Yana uch-to‘rt kishi osh damlarkanmi? Samovarning ustiga bir kishi zo‘rg‘a sig‘adi-ku! Qaynab turgan samovarga-ya? O‘zing chiqaver. Undan ko‘ra, choyxonaga boraylik, degin!

 

“Kulgi darg‘alari” kitobidan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 365
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 326
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 661
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 399
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 576
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233233
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112929
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66201
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55560
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49911
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39207
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38440
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37382
“Avesto”

//