Sivilizatsiyaning ilk belgisi nima?


Saqlash
17:03 / 24.03.2022 0 2297

Bir necha yillar oldin bir talaba antropolog Margaret Middan madaniyatlarda sivilizatsiyaning ilk belgisi nima deb o‘ylashi haqida so‘raydi. Talaba Mid xonim qarmoqlar, pishgan loydan yasalgan sopol idish, tegirmon toshi to‘g‘risida gapirsa kerak deb o‘ylaydi. Ammo uning javobi bunday bo‘lmaydi.

 

Mid xonim “Qadimgi madaniyatlarda sivilizatsiyaning ilk belgisi singan son suyagining davolanishidir” deb javob beradi. U shunday tushuntiradi:

 

– Hayvonot olamida oyog‘ing sinsa, albatta o‘lasan. Xavf tug‘ilsa qocha olmaysan, daryoga borib suv icha olmaysan, ovqat topib yeya olmaysan. Boshqa hayvonlar uchun o‘ljaga aylanasan. Biror hayvon oyog‘i sinsa, u tuzalgunicha yashab qola olmaydi.

 

Son suyagi singandan keyin uning tuzalishi bu kimdir uning yonida bo‘lganini, yaralarini bog‘laganini, xavfsiz joyga olib borganini va u tuzalib ketishiga yordam berganini bildiradi.

 

Mid xonim so‘zini shunday yakunlaydi: “Og‘ir ahvolda qolgan kimsaga yordam berish sivilizatsiyaning boshlanishi deganidir!”

 

Doniyor Roʻzmetov tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 201
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 215
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 131
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 226
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 239
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236255
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115074
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68715
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57877
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52256
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41096
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39940
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39907
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//