Moziydan qolgan latifalar


Saqlash
19:09 / 06.09.2021 0 1913

Ochko‘z

Bir kuni ikki mo‘’tabar kishi xurmo yer edilar. Ulardan biri yegan xurmosining danaklarini oldiga to‘plar, ikkinchisi danaklarni sherigining oldiga tashlar edi. Xurmo tamom bo‘lgandan keyin qarasalar, birining oldida bir uyum danak, ikkinchisining oldida hech narsa yo‘q. Oldi bo‘sh kishi mutoyiba yuzasidan sherigiga dedi:

– Ochko‘z kishini xurmo yeganda sinasa bo‘larkan. Qarang, shuncha xurmoni bitta o‘zingiz yeb qo‘yibsiz-a!

Sherigi darhol javob qaytardi:

– Ko‘zi to‘q kishilar xurmoning danagini ajratadi. Ochko‘zlar esa xurmoni ham, danagini ham tanovul qilaveradi. Insof bilan ayting-chi, qay birimiz ochko‘zroq ekanmiz.

 

Ikki uzun, bir kalta

Bir kuni mo‘tabar kishilardan biri o‘zining ikki baland qomatli xizmatkorlarining o‘rtasida borar edi. Xizmatkorlardan biri mutoyiba yuzasidan dedi:

– Yo hazratim, siz bizning o‘rtamizda “lano” so‘zidagi “nun” harfiga o‘xshaysiz.

– To‘g‘ri, – dedi mo‘tabar zot, – biroq, agar o‘rtangizda men bo‘lmasam, sizlar ham yo‘q bo‘lasizlar. Chunki, lano so‘zida o‘rtadagi “nun” tushib qolsa, “lo” bo‘ladi. Bu esa arabchasiga “yo‘q” demakdir.

 

Intiqom

Bir dehqonga jabr qilgan edilar, podshohning oldiga arzga bordi. Podshoh unga e’tibor ham bermay, boshqa ish bilan band bo‘ldi. Dehqon arzini yana qaytardi. Podshoh yuzini burib oldi. Uchinchi marta aytgan edi, podshoh g‘azablanib dedi:

– E-e, bosh og‘rig‘ingni yig‘ishtir!

Dehqon aytdi:

– Shohim, bosh sensan, og‘riqni qayoqqa eltay?!

Bu gap podshohga ta’sir etib, sitamgardan intiqom oldi.

 

Harbiy yozishma

Iskandar Doroga urush ochganda o‘z raqibini cho‘chitish murodida Doro unga xat yubordi:

“Esingda bo‘lsin-ki, Doro sakson ming mard bilan birgadir”.

Iskandar javobida yozdi:

“Esingda bo‘lsin-ki, qo‘yning ko‘pligi qassobga hech qanday xavf tug‘dirmaydi”.

 

Shoir o‘g‘risi

Bir kuni hakim Anvariy Balx bozoridan o‘tib borar edi. Qarasa, bir joyda xaloyiq to‘planib turibdi. Shoir u yerga borib ko‘rdi-ki, bir kishi Anvariyning qasidalarini o‘z nomidan o‘qib, hammani og‘ziga qaratib turardi. Xaloyiq uning she’riyatidagi salohiyati va o‘qishiga ofarin der edi. Anvariy u kishiga murojaat qilib dedi:

– Ey, kimning she’rlarini o‘qiyapsan?

– Shoir Anvariynikini.

– Anvariyni taniysanmi o‘zing? – dedi Anvariy.

– Qiziq ekansan-ku, – dedi u kishi, – Anvariy menman-da.

– Yo alhazar, – dedi Anvariy yoqasini ushlab. – Men she’r o‘g‘risini eshitgan edim-u, ammo hanuzgacha shoir o‘g‘risini ko‘rmagan edim.

 

Xizr tuprugi

Bir bema’ni shoir Jomiyning oldiga kelib, maqtanib qoldi:

– Mavlono, – dedi u, – shu kecha tushimda Xizr alayhissalomni ko‘rdim. U kishi og‘izlarining muborak suvini og‘zimga solib ketdilar.

– Xato tushunibsan, – dedi Jomiy, – Xizr alayhissalom sening yuzingga tupurmoqchi bo‘lganlar. Shu paytda sen og‘zingni ochib qolgansan. Shuning uchun ham Xizrning tupruklari og‘zingga tushgan.

 

Faxriddin Ali SAFIYning “Latofatnoma” kitobidan

 

Forschadan Hoji Sotimxon Xoja In’om MUNAVVAR tarjimasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 110
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 82
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 545
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 509
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 452
Marhamat aya sog‘inchi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225628
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108185
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55868
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41269
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40586
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31880
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30966
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30607
Alpomish

//