Uzun tor ko‘chada


Saqlash
17:03 / 17.03.2022 0 1302

Katta yo‘lga olib chiqadigan  tor ko‘chada bir darvoza ochilib, to‘rt-besh yoshlardagi qizaloq chopqillab chiqdi, orqasidan ko‘ringan kishi ostona xatladi-yu:

– Sharifa, qo‘lingni ber, – dedi.

Pildirab borayotgan qizcha shu zahoti orqasiga qaytdi, uning  qo‘lchasini otasining zabardast qo‘li tutdi. Qarama-qarshi tomonga ketib borayapman, qizaloq xursand chuldiragani va erkak past ovozda javob qaytargani uchun hech nimani tushunmayotgan bo‘lsam-da,  orqamga qayrilib ota-bolani kuzatish ishtiyoqi dilimga to‘ldi, ular tomon yuzlangancha bir muddat to‘xtadim. Xayolimdan “Mohir mo‘yqalam sohibining uzun tor ko‘chadan  borayotgan ota-bola tasvirlangan asari jonlangandek...” degan o‘y kechdi-yu, shu lahza uni tahrir qildim: “Mavjudotning yakkayu yagona Yaratuvchisi, Musavvirining yon-atrofimizda had-hisobsiz bo‘lgan, ammo biz har doim ham zohiriy va botiniy mohiyatiga sinchkov qarashga-da yo ulgurmaydigan, yo xafsala qilmaydigan moʻjizalaridan biri”.

Shu lahza dilimda yana bir savol “yilt” etdi: “Bu ko‘chaga mashina kirolmaydi, anuvi qizchaga hech qanday xavf-xatar yo‘q. Nima uchun otasi yoniga chaqirib qo‘lidan ushlab oldi?” Kapalakdek qanot qoqib borayotgan qizchaning “Sharifa, qo‘lingni ber” degan gapni eshitgan lahzada otasi tomon shart o‘girilib qo‘lchalarini uzatgancha uchishi bu savolga javobday edi, nazarimda. Oh bu oppoq ko‘ngilli, muhabbati doim borlig‘ida limillab turadigan bolajonlar... ular hayotning har qanday vaziyatida, har qanday ko‘chasida ota-ona bag‘rining haroratiga, qalbining mehru g‘amxo‘rligiga minnatdorchilik ila tashna...bunday chorlovlardan qanchalar baxtiyor!

Muhtarama ULUGʻOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 100
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 170
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 411
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 648
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 614
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234106
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67830
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56754
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51166
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39465
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39316
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38999
“Avesto”

//