Besh daqiqa


Saqlash
16:03 / 14.03.2022 0 1135

Bog‘. O‘yingoh atrofida o‘tirgan erkak yoniga bir notanish ayol kelib o‘tirdi va «Anavi mening o‘g‘lim» dedi qizil jemper kiygan bolani ko‘rsatib.

–Juda aqlli bolaga o‘xshayapti. Anavi oq ko‘ylakda, velosiped uchayotgan qiz esa mening qizim, – dedi erkak.

Shu payt soatiga qarab, qizini chaqira boshladi.

–Melissa, uyga qaytsak nima deysan?

–Dadajon, yana besh daqiqa. Iltimos, besh daqiqagina, dadajon.

Ota bosh irg‘ab rozilik bildirdi. Melissa bog‘ bo‘ylab velo sayrini davom ettirdi. Bir necha daqiqa o‘tgach, ota yana qizini chaqira boshladi.

–Endi ketsak bo‘lar, qizim?

Melissa «yana besh daqiqa, otajon, besh daqiqa» deya iltimos qila boshladi. Ota jilmaygancha rozi bo‘ldi. Vaziyatni ko‘rib turgan notanish ayol erkakka qarab «juda sabrli va mehribon ota ekansiz» deb maqtay ketdi.

Erkak kulimsirab, ayolga shunday javob berdi:

–O‘g‘lim – qizimning akasi Tommi o‘tgan yili, shu yerda, velosiped uchayotib, mast holda mashina boshqargan  haydovchining qurboniga aylandi. Men hech qachon Tommi bilan ko‘p vaqt o‘tkazmaganman, bu esa armonim, qizimga bo‘lsa besh daqiqa ko‘proq mehr berganimdan mamnunman. U velo sayri tugashiga yana besh daqiqa bor deya o‘ylaydi, aslida men uni tomosha qilib, zavqlanishim uchun yana besh daqiqa qo‘shaman, xolos!

 

Endryu XANT

Behzod Abdurahmonov tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 296
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 402
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 621
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234968
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114252
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68202
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57215
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51598
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40141
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39501
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//