Volyuntarizm


Saqlash
16:03 / 09.03.2022 0 2166

 

Volyuntarizm (lot. voluntas – iroda) – falsafa va psixologiyadagi irodaning ustuvorligi g‘oyasiga tayanadigan ta’limot. Volyuntarizm atamasi 1883-yilda nemis faylasufi F.Tennis tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Volyuntarizmning yetuk vakili A. Shopengauer voqea-hodisalar (tasavvurlar) asosida yotgan “narsa o‘zida”ni birlamchi, hech nimaga bog‘liq bo‘lmagan “olamiy iroda”dir, deb da’vo qiladi. Uning fikricha, barcha tirik mavjudotlarning harakatlantiruvchi kuchi – stixiyali instinktiv xarakterga ega bo‘lgan “yashashga intilish irodasi” bilan belgilanali. Ongli iroda ko‘r-ko‘rona instinktiv individual iroda mahsulidir. Volyuntarizmga xos qarashlar o‘rta asrlarda Avgustin, Duns Skop ta’limotlarida ham yaqqol ifolalangan. XVII asr oxirlari – XIX asr boshlarida G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkuri, ayniqsa, nemis faylasufi doirasida iroda ustunligi ta’limoti yaratildi. Masalan, Fixtening fikricha, iroda dunyoning mutlaq ijodiy in’ikosidir. Gartman nazarida esa iroda barcha narsada mavjud, u har yerda va hamma narsaga ta’sir qiladi. Uning ta’kidlashicha tushuncha va atamalarda irodaning birligi namoyon bo‘ladi. Falsafada iroda borliqning oliy tamoyili deb talqin etiladigan Volyuntarizm atamasi tarixiy jarayonning ob’ektiv qonuniyatlari bilan hisoblashmaslik, aql va tafakkurga tayanib ish tutishni inkor etadi, o‘z shaxsiy yoki guruhiy maqsad va manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yish hollarini ifodalash uchun ham qo‘llanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58511
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41522
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40139
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//