Vitalizm


Saqlash
16:02 / 22.02.2022 0 2068

 

Vitalizm (lot. vitalis - hayotiy) - tirik tabiatning notirik, jonsiz tabiatdan sifat jihatidan farqlanishi, hayotiy jarayonlarni noorganik olam kuchlari va qonunlari bilan almashtirib bo‘lmasligi, hayotiy jarayonlarning tirik mavjudotlarga xos bo‘lgan o‘ziga xos nomoddiy asos: “hayotiy kuch”, “ruh”, “entelexiya” va h.k. belgilanishi to‘g‘risidagi ta’limot. Bunday qarashlar antik davrdayoq Pifagor, Aflotun, Arastu asarlarida ilgari surilgan. Falsafada vitalizmga idealistik hamda tabiiy-ilmiy yondashuvlar mavjud. Vitalizm hayotiy faoliyatni tabiiy-ilmiy talqin qilish mexanizmiga qarshi bo‘lib, tirik mavjudotlarning tizim sifatida maqsadga muvofiq bo‘lmasligi va mexanikaga xos bo‘lmagan taraqqiyot va xulq-atvor jihatlariga ega ekanini e’tirof etadi. Vitalizm uchun tirik mavjudotlar o‘ziga xosligini mutlaqlashtirish, ulardagi biologik va kimyoviy qonuniyatlarni inkor etish, hayotiy hodisalarni tabiiy-ilmiy asosda talqin etishga imkon beradigan biologik nazariyalarga salbiy munosabatda bo‘lish xosdir. Chunonchi, vitalizmning yirik vakillaridan biri bo‘lgan Drish Ch. Darvinning evolyutsion nazariyasi hamda G. Mendelning irsiyat konsepsiyasiga keskin qarshi chiqqan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68949
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58516
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40144
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//