"Otaxon, yaxshi boring!" – Gosha laqabli qarg‘a 28 ta so‘zni ayta oladi


Saqlash
16:02 / 17.02.2022 0 1224

Jahonning 3 ta mamlakatida (AQSh, Rossiya va O‘zbekiston) gapiruvchi qarg‘alar ro‘yxatga olingan. Yurtimizdagi bunday ajoyibotning tarixi esa hozirda ko‘pchilikka tanish bo‘lgan mashhur qushboqar bilan bog‘liq.

 

1997-yil may oyida Sherobod tumanida yashovchi bir o‘smir taniqli qushboqar, “Barkamol avlod” bolalar markazining “Yosh sayyohlar va o‘lkashunoslik to‘garagi” rahbari Bo‘ri Rahimov xonadoniga yaralangan qarg‘a bolasini olib keladi.

 

Kunlar o‘tib qarg‘a bolasi sog‘ayar ekan, oilaning kenja o‘g‘li Shodibekning qanotli do‘stiga aylanadi va xonadon sohiblari bilan bir dasturxon atrofidan joy oladi. Uni “Gosha” deb chaqira boshlaydilar.

 

Bo‘ri Rahimov 1998–2001-yillarda 1250 dan ortiq qushlarini boqishga qiynalib, shahardagi harbiy qismga olib borib joylashtiradi. Qarg‘a har kuni toza havoda sayr qildiriladi va askarlarga aytiladigan “Saflan”, “Rostlan” kabi so‘zlarni doimiy eshitadi. Vaqt o‘tib qush Bo‘ri Rahimov xonadoniga qaytganida favqulodda odamlarga taqlid qilib so‘zlar aytayotganini sezib qolishadi va u bilan Shodibek (hozirda marhum) maxsus shug‘ullana boshlaydi.

 

 

Qarg‘a 28 ta so‘zni aytishni o‘zlashtiradi. Bu orada uning dovrug‘ini eshitib, dunyoning turli davlatlaridan yuzlab olimlar, vazirlar, san’atkorlar tashrif buyuradi (bu haqida Goshani ko‘rgani kelgan mehmonlar dastxati tushirilgan kitob guvohlik beradi).

 

Gosha Shahrisabzda o‘tkazilgan I Xalqaro maqomchilar festivali, Termizda o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik festivali va boshqa turli tadbirlarning faol ishtirokchisi hamdir.

 

Qarangki, Shodibek vafotidan so‘ng qarg‘a gapirmay qo‘ydi. Hozirda esa “Gosha”, “Otaxon, yaxshi boring” kabi bir necha so‘zlarni aytyapti, xolos.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 414
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 470
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 282
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 260
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226707
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108968
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56380
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41649
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41013
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32311
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31238
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30994
Alpomish

//