Bixeviorizm


Saqlash
17:02 / 15.02.2022 0 13691

 

Bixeviorizm (ing. behaviour - xulq) - 1) psixologiya fani doirasida rivojlanayotgan ilmiy yo‘nalishlardan biri. Uning tadqiqot predmeti kuzatish mumkin bo‘lgan xatti-harakat, faoliyatni o‘rganishdan iborat; 2) hayvonlar xatti-harakatini o‘rganish asosida ularni insonni tadqiq etish va faoliyatini boshqarish sohasida qo‘llashga tayangan yondashuv. Bixeviorizmga XIX asr oxiri va XX asr boshida amerikalik olim E. Torndayk tomonidan asos solingan. Falsafiy asosi – pragmatizm.  Bixeviorizm vakillari amaliy psixologiya va uning introspektiv (o‘zini o‘zi kuzatish) uslubiga qarshi chiqib, empiriklarni subektivizmda ayblaydi. Bixevioristlar nazarida, psixologiya falsafasiga emas, balki tabiatshunoslik fanlariga tayanib kuzatish, eksperiment o‘tkazishi, subektiv uslubdan obektiv uslubga suyanishi lozim. Bixeviorizm tirik mavjudotlar ruhiy dunyosini o‘rganish bevosita hissiy organlar yerdami bilan aks ettiriladigan narsa va hodisalarga yo‘naltirilishi kerak, degan g‘oyani ilgari suradi. Bixeviorizm nazariyasiga ko‘ra psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar xatti-harakatini  o‘rganishga yo‘naltirilmog‘i lozim. Bixeviorizm vakillarining fikricha. psixologiyaning bosh vazifasi faqat tashqi ta’sir bilan unga qаytariladigan reaksiyalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashdan iboratdir. Bixeviorizmning ma’naviyatga zid jihati shundaki, u ongning inson xulqida tutgan o‘rni va uni ilmiy jihatdan o‘rganish mumkinligini inkor etadi. O‘tgan asrning boshlarida bixeviorizm tamoyil va usullari pedagogika sohasida, xususan, bolalarni tarbiyalashda keng qo‘llangan. Hozirgi vaqtda ayrim G‘arb mamlakatlarda ruhiy xasta kishilarni davolashda foydalanilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//