Ajoyib inson


Saqlash
02:02 / 11.02.2022 0 1288

Yengil mashinada boryapmiz. Oldimizda ketayotgan “Neksiya” haydovchisining harakatlarini tushunib bo‘lmasdi: u mashinasini ko‘chaning u yog‘idan bu yog‘iga ilon izi yo‘l solganday haydab borar, go‘yoki orqasidan kelayotgan avtoulovlarning oldinga o‘tib ketishini xohlamasdi. To‘g‘risi, shuncha yillardan buyon mashinada yurib, bunaqasini ko‘rmaganman. Yonimdagi haydovchi oldiniga hayron bo‘lib, “Iye, bu odamning esi joyidami o‘zi?..” deb signal chala boshladi. Biz bilan yonma-yon, orqadan kelayotgan mashinalar haydovchilarining ham toqati toq bo‘layotgani aniq – turli signallar ovozi qo‘shilib, kuchayib borardi... Nihoyat, oldimizdagi mashina g‘alati holatda – tumshug‘ini yo‘lning o‘ng chetiga tirab qiya to‘xtadiyu haydovchisi undan shoshib tushdi. Shunda mashinaning o‘ng yoni bilan katta yo‘l chegarasi bo‘lgan beton to‘siq orasida tilini osiltirib turgan kuchukni ko‘rdik va gap nimadaligini angladik: demak, kuchuk yo‘l o‘rtasidan tushib qolgan, yugurib ketayotgan bo‘lgan. “Neksiya” haydovchisi uni himoyalab borgan va kuchukning chetga, bexavotir joyga chiqishini poylagan. O‘tib borarkanmiz, haligi haydovchi oyoqlari bilan qo‘rqib ketgan kuchukni to‘sganicha, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib yonidan o‘tib borayotganlarga “uzr” ma’nosida ishora qilardi.

 

– Ajoyib inson ekan! – dedi haligina asabiylashib turgan haydovchi hamrohim. – O‘zi allaqachon kuchukchani aylanib o‘tib ketaversa bo‘lardi. Ammo orqadan kelayotganlar birdaniga itni ko‘rmay qolib bosib olishi mumkin edi-da. Shuning uchun bu kishi mashinalarga yo‘l bermagan!

 

Qarang, insonning birgina harakati ham u haqida qancha ma’lumotlar berishi mumkin bo‘larkan! Hayot yo‘llarida uchraydigan barcha himoyatalablarga imkoni yetganicha qalqon bo‘la oladigan (men shunday deb o‘ylayman!) o‘sha kishining qiyofasi ko‘z o‘ngimda qoldi. Shu to‘g‘rida ko‘pchilikka gapirib berdim, eshitganlarning aksariyati hayajon, havas bilan “Ajoyib inson ekan!” deyishdi.

Muhtarama ULUGʻOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 319
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 339
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236704
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115293
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58136
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52451
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41361
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40077
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40074
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//