Deraza ortida


Saqlash
00:02 / 10.02.2022 0 1554

Kasalxonada og‘ir kasallik bilan davolanayotgan ikki kimsa xonadosh edilar. Ular vaqtni o‘tkazish uchun faqat suhbatlashardilar. Rafiqalari, oilalari, uylari, ishlari to‘g‘risidagi hikoyalar hech tugamasdi.

Bemorlarning birini yotog‘i derazaga yaqin bo‘lib, u ko‘chani bemalol kuzata olardi. Sherigi esa bu baxtdan mosuvo edi. Deraza oldidagi bemor tashqarini kuzatgancha, u yerda nimalar bo‘layotganini hamxonasiga so‘zlab berardi. Sherigi esa o‘rnidan turolmagani uchun o‘kinar, tashqarini bir bora kuzatish uchun borini berishga tayyor edi.

Aytishicha, derazadan bog‘ ko‘rinib turar, u yerdagi ko‘lda o‘rdaklar suzar, bolalar esa ularga non tashlab qayiqda aylanishardi. Sevishganlar daraxt ostida suhbatga berilardilar. Bemor ushbu lavhalarni ipidan ignasigacha tasvirlab bergach, sherigi uni tasavvur qilgancha xayollarga berilardi.

Shu taxlit kunlar, haftalar o‘tdi.

Bir kuni hamshira ularning palatasiga kirib, deraza oldidagi bemorning vafot etganini ko‘rdi. U tinchgina, uyqusida jon bergandi. Hamshira bu haqda xabar qilgach, uni olib chiqib ketishdi.

Shundan so‘ng narigi bemor derazali yotoqqa ko‘chish uchun ruxsat so‘radi. Hamshira bunga rozilik bildirib, unga yordamlashdi. Bemor nihoyat, tashqarini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldi. U quvonch bilan ko‘chaga mo‘raladi. Ammo... deraza ortida qup-quruq bir devor turardi, xolos. Axir qanaqasiga, deb o‘ylanardi bemor. So‘ng hamshiradan tashqaridagi bog‘ qayerga yo‘qolganini so‘radi. Hamshira yelkasini qisgancha,

– U yerda hech qachon bog‘ bo‘lmagan, – dedi.

Sherigining hayotbaxsh aldovi uni o‘limdan saqlab kelganini anglagan bemor do‘stiga aylanib qolgan hamxonasi uchun ko‘z yosh to‘kdi.

 

E. Xant

Nodirabegim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 19
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 167
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 79
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 217
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235959
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114867
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52108
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40971
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39853
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//